Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

ISO
/
ANSI
 
komiteti amalga oshiradi, ammo uning faoliyati asosan 
tillarning talabga javob bermagan sintaktik kengaytirilishiga qaratilgan. 
Mavjud bo„lgan kamchiliklarni yo„qotish uchun dasturlash 
tillarining sintaktik va semantik standartlashtirishni berish usullari taklif 
qilindi. 
Til ixtiyoriy konstruktsiyasining semantik bayoni kamida uchta 
asosiy qismni o„z ichiga olishi zarur: 
tashkil etuvchilar (komponentlar) ro„yxati (
Ko‘rsatkich Turida 
bu 
tashkil etuvchilar 
Tur nomi 
va 
Asos Tur
); 
har bir tashkil etuvchining bayoni; 
konstruktsiyaning yaxlit bayoni. 
Sintaktik bayon etish uchun odatda konstruktsiyaning formal 
bayoni 
ishlatiladi, masalan, 
BNF
ko„rinishida. Sintaktik bayon, 
Algoldan 
boshlab, har qanday tilda mavjud. 
Dasturlashning rivojlanishida ko„plab dasturlash tillari ichida uchta 
juftlik katta rol o„ynadi: 
Algol-60 
va 
Fortran

Paskal 
va 
Si

Java 
va 
Si++

Bunday juftliklarga bo„lish, ulardagi maqsadlarning bir-biriga qarama- 
qarshi rivojlanishiga imkon yaratdi. 
Muhimi dasturlash tilini va tadbiq qilinishini ajratish. Til – 
dasturning sintaksisi va semantikasini aniqlovchi qoidalar to„plami, 
ya‟ni yozuvlar tizimidir. Tilni qo„llash – yuqori darajali yozuvni 
mashina buyruqlari ketma-ketligiga almashtiruvchi dastur. Tilni 
qo„llashning ikki usuli mavjud: kompilyatsiya va interpretatsiya. 
Kompilyatsiyada maxsus ishchi dastur (kompilyator) ishchi dasturni 
unga ekvivalent bo„lgan mashina kodiga almashtirishni va keyinchalik 
ma‟lumotlar bilan birga uning bajararilishini ta‟minlaydi. 
Interpretatsiya usulida maxsus dastur (interpretator), ma‟lumotlarga 
buyruqlarni qo„llagan holda, til va mashina kodlari o„rtasida moslik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


103 
o„rnatadi. Har qanday dasturlash tili interpretatsiyalanuvchi va 
kompilyatsiyalanuvchi bo„lishi mumkin, ammo ko„pgina hollarda 
qo„llash usullariga ko„ra o„zining ustunliklariga ega. Hozirgi kunda 
ixtiyoriy mavjud bo„lgan til bilan ishlay oluvchi universal kompilyator 
mavjud emas. Bu yagona semantik omborning mavjud emasligi bilan 
tushuntiriladi. 
Zamonaviy dasturlash tillari bir biriga o„xshash bo„lganligi bilan, 
ularning mosligi to„liq emas. Quyidagi rasmda dasturlash tillarining 
kesishish va birlashish sohalari keltirilgan. 
Shunday qilib, barcha dasturlash tillariga tegishli bo„lgan (yoki 
ularning ko„pchiligiga tegishli) umumiy semantik va berilgan til uchun 
spesifik konstruksiyalarni o„z ichiga olgan birlashish sohasi mavjud. Shu 
sababli, universal kompliyatorni ikki usul bilan yaratish mumkin: 
1. Umumiy konstruksiyalarni qo„llash (
kesishish sohasi
), tillar 
spesifik konstruksiyalarini (
birlashish sohasi
) chiqarib tashlash. Bu 
barcha dasturlash tillarini «birlashtirishga» olib keladi. 
2. Mavjud bo„lgan barcha konstruksiyalardan foydalanish (kesishish 
va birlashish sohalari). Bunday yondashuv qo„shimcha manbalardan 
foydalanishga va semantik omborning sezilarli darajada kengayishiga 
olib keladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


104 
Ko„p yillardan buyon dasturlash nimaligi haqida tortishuvlar 
bo„lmoqda – fan, san‟at yoki ishlab chiqarish jarayoni. Axborot 
texnologiyalarining yuzaga kelishi bilan dasturlash sanoat darajasida 
birinchi o„ringa chiqadi: 
talablar tahlili; 
spesifikatsiyalarni ishlab chiqish; 
loyihalash; 
maketlashtirish; 
boshlang„ich matnini yozish;
sozlash; 
hujjatlashtirish; 
testdan o„tkazish va kuzatish. 
Bu yo„nalish bilan birga izlanuvchilik dasturlashi yo„nalishi ham 
rivojlanmoqda. Masalan, E.Raymond tomonidan taklif etilgan o„zi 
tashkillashtiruvchi, anarxik dasturlash «bozor» nomini olgan. Uning 
farqlanuvchi tomoni, aniq rejaning mavjud emasligi, loyihani minimal 
boshqarish, tashqi masofaviy uzoqlashgan ishlab chiquvchilar sonining 
ko„pligi, kod va g„oyalarning erkin almashinuvi. 
Dasturiy muhitlar axborot texnologiyalarining alohida masalalari va 
amallarini bajaradi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
matn protsessorlari: 
Microsoft Word, Leksikon, Lotus Word Perfect, 
Corel Word Pro, Sun Star Office Writer
 
va boshqalar; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


105 
elektron jadvallar: 
Microsoft Excel, Corel Quattro Pro, Lotus 1-2-3, Sun 
Star Office Calc
 
va boshqalar; 
shaxsiy axborot tizimlari: 
Microsoft Outlook, Lotus Organizer, Lotus 
Notes, Sun Star Office Schedule
 
va boshqalar; 
taqdimot grafikasi dasturlari: 
Microsoft Power Point, Lotus Freelance 
Graphics, Corel Presentations, Sun Star Office Impress
 
va boshqalar; 
brauzerlar: 
Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator, Opera
 
va 
boshqalar; 
web-sahifa redaktorlari: 
Microsoft Front Page, Netscape Composer, 
Macromedia Free Hand
 
va boshqalar; 
pochta mijozlari: 
Microsoft Outlook, Microsoft Outlook Express, 
Netscape Messenger, The Bat
 
va boshqalar; 
rastorli grafika redaktorlari: 
Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint
 
va 
boshqalar; 
vektorli grafika redaktorlari: 
Corel Draw, Adobe Illustrator
 
va 
boshqalar; 
stolli nashr tizimlari: 
Adobe Page Maker, Quark Xpress, Corel 
Ventura, Microsoft Publisher 
va boshqalar; 
ishlab chiqish vositalari: 
Borland Delphi, Microsoft Visual Basic, 
Borland C++ Builder, Microsoft Visual C++
 
va boshqalar. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish