106
kodlash, shifrlash va boshqalar);
axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari (hayot sikli) standartlari
(loyihalashga, materiallashtirishga, ishga tushurishga, kuzatib
borishga standartlar va boshqalar).
Uslubiy manbaga qarab uslub, model, yondashuv standart sifatida
qaralishi mumkin. Misol tariqasida turli darajadagi bir qator standartlarni
ko„rib chiqaylik.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
(International Standards
Organization –
ISO
)
tomonidan ishlab chiqilgan
ISO
/
OSI
xalqaro
standarti tarmoq axborot almashinuvi sohasida foydalanish uchun
mo„ljallangan bo„lib,
OSI
modeli sifatida tanilgan, yetti darajali etalon
modelni
(
OSI
– Open System Interconnection - ochiq tizimlar
bog‘lanishi
) ifodalaydi.
ISO/IEC 12207:1995-08-01
xalqaro standarti dasturiy ta‟minot hayot
sikli jarayonlari, hamda dasturiy ta‟minot tarkibiy qismi sifatida kirgan
axborot tizimlari turlari uchun asos standart hisoblanadi.
ISO/IEC JTC1
«Axborot texnologiyalari, dasturiy ta‟minotni loyihalashtirish,
SC 7
komitetosti» birlashgan
texnik komitet tomonidan
1995
-yilda ishlab
chiqilgan. Asosiy, qo„shimcha va tashkiliy jarayonlar bayonlarini o„z
ichiga oladi.
Dasturiy ta‟minotning asosiy jarayonlari:
axborot tizimini o„zlashtirayotgan xaridor harakatlarini
ifodalovchi
o‘zlashtirish jarayoni
, dasturiy mahsulot yoki uning
xizmati (servis);
yuqorida ko„rsatilgan tashkil etuvchilar bilan ta‟minlovchi,
yetkazib beruvchi harakatlarini tartiblovchi
yetkazib berish
jarayoni
;
dasturiy mahsulot
qurish printsiplarini, ishlab chiquvchi
harakatlarini aniqlovchi
ishlab chiqish jarayoni
;
foydalanuvchilar extiyojlari yo„lida axborot tizimiga xizmat
ko„rsatayotgan operator harakatlarini aniqlovchi, hamda
foydalanish ko„rsatmalari
talablaridan tashqari,
foydalanuvchilarga maslahatlar va ular bilan teskari aloqani
tashkillashtiruvchi
ishlash jarayoni
;
dasturiy ta‟minotni modifikatsiyalash bo„yicha professionalning
harakatlarini chegaralovchi (reglamentlovchi), funksional ish
qobiliyatini va uning joriy holatini qo„llovchi
kuzatish jarayoni
.
Yordamchi jarayonlar hujjatlashtirish,
konfiguratsiyani boshqarish,
sifatini ta‟minlash, attestatsiya, hamkorlikda baholash va auditni
www.ziyouz.com kutubxonasi
107
chegaralaydi.
GOST 34
standartlash obyekti sifati turli xil avtomatlashtirilgan
tizimlar va ularni tashkil etuvchilarining barcha turlari,
shu bilan birga
dasturiy ta‟minot va berilganlar bazalaridan iborat. Standart, asosan,
loyiha hujjatlarini ko„rib chiqadi va uni
ISO/IEC 12207
standartidan
farqlaydi. Standart tarkibida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish
bosqichlari farq qiladi.