• Internet
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/104
    Sana07.08.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #269215
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104
    Bog'liq
    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

    9. Internet xalqaro tarmog‘i
    Internet tushunchasi
    Barcha tarmoqlarni bir necha turga ajratish mumkin (hududiy 
    jihatdan): 
    lokal hisoblash tarmog„i 
    (
    LAN

    – bir yoki bir nechta binolarda 
    joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tizim; 
    hududiy (hududiy hisoblash tarmog„i 
    (
    WAN
    )
    ) – bir nechta 
    hisoblash tarmoqlarini birlashtirishdan hosil bo„ladi. Ayrim 
    hollarda hududiy tarmoq global hisoblash tarmog„i deb ham 
    yuritiladi; 
    Internet
    – supertarmoq yoki tarmoqlar tarmog„i. Bunday 
    nomlanish shuning bilan izohlanadiki, Internet 100 dan ortiq 
    davlatlardagi o„n minglab kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi. 
    Internet
     
    – axborotlarni qidirish, saqlash va uzatish uchun ajoyib 
    tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.
    Uning xizmat doirasi keng: 
    ilm va san‟at, tijorat va siyosat; 
    o„qish va ish, dam olish va ko„ngilochar o„yinlar; 
    ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar. 
    Internetning barcha axborotlari elektron ko„rinishda taqdim 
    etilgan. 
    Internet – jahon bo„yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan 
    yaxlit tarmoq bo„lib, unda yagona «til» – andoza-qoidalar majmui 
    asosida axborot almashadilar. Uning nomi «tarmoqlararo» degan 
    ma‟noni anglatadi. Umuman olganda Internetni tarmoqlarning tarmoqi 
    sifatida qabul qilish to„g„ri bo„ladi. 
    Internet unga ulangan tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning o„zaro 
    ma‟lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet davlat 
    buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan 
    faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida o„tgan asrning 
    60
    -yillari oxirida 
    (yanada aniqroq aytadigan bo„lsak, 
    1969
    -yilning 
    2
    -yanvarida) 
    AQSh
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    108 
    mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang„ich 
    tarmoq 
    ARPANet
     
    bo„lib, avvalo 
    Kaliforniya
    va 
    Yuta
    shtatlaridagi 
    4
    ta 
    kompyuterni o„zaro bog„lagan. 
    1972
    -yilda 
    ARPANet
    tajriba tarmog„i 
    namoyish etiladi. U 
    40
    ta kompyuterdan iborat bo„lib, barcha 
    kompyuterlar teng huquqli bo„lishga va resurslarga faqat murojaat 
    qilishga mo„ljallangan dasturiy ta‟minot yordamidagina kirish mumkin 
    bo„lgan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 
    80
    -yillar oxirida (
    1987
    -yil 
    NSFNet Backbon

    AQSh
    milliy ilmiy jamiyatning ixtiyoriga topshirildi va 
    NSFNet (National Science Foundation (
    NFS

    – Milliy ilmiy fond) 
    shaklida rivoj topdi. Bu davrda boshqa davlatlarda ham milliy tarmoqlar 
    shakllana bordi. Asta-sekin turli davlatlarning kompyuter tarmoqlari 
    birlasha bordi va 90-yillarga kelib hozirgi Internet tarmog„i shaklandi. 
    Internetdan foydalanishda quyidagi tendentsiyalar kuzatildi: 
    1981
    -yilda 
    213
    ta kompyuter; 
    1983
    -yilda 
    562
    ta kompyuter; 
    1986
    -yilda 
    5089
    ta kompyuter; 
    1992
    -yilda 
    727000
    ta kompyuter; 
    1995
    -yilda 
    20 mln
    .dan ortiq kompyuter. 
    Bundan ko„rinib turibdi-ki, Internet tarmog„iga ulangan 
    kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda. 
    Internetga egalik qilish huquqi hech kimga berilmagan, ya‟ni turli 
    davlatlar vakillaridan tashkil topgan 
    BMT
    ga o„xshash maxsus nazorat 
    qiluvchi tashkilotlar yo„q. 
    1998
    -yilda Amerika hukumati Internetga 
    tegishli bo„lgan masalalarni yechish (foydalanuvchilarning huquqilarni 
    himoyalash, intellektual mulkni himoyalash, ta‟magirlikka qarshi kurash 
    va h.k.) uchun bir nechta notijorat tashkilotlarini tashkil qilishni taklif 
    qildi. Natijada 
    Internet Corporation for Assigned Names & Numbers 
    (
    ICANN

    tashkiloti yuzaga keldi. 
    Internet 
    XX
    asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu 
    kashfiyot tufayli jahondagi millionlab kompyuterlar yagona tarmoqqa 
    birlashtirildi. Bosh kompyuterni internet tarmog„iga ulash uchun 
    joylardagi internet ishini boshqaruvchi tashkilotga murojat qilinishi 
    kerak. 
    Kompyuterni internetga yuklash uchun dastlab telefon tarmog„i 
    orqali internetda xizmat ko„rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak 
    bo„ladi. Ulanish vaqtida kompyuterda mijozning ismi 
    (login) 
    va paroli 
    kiritilishi talab qilanadi. Agar kiritilgan ism va parol to„g„ri bo„lsa, 
    mijozning kompyuteri provayder serveriga ulanadi. Ulanish va uning 
    tezligi xaqida ma‟lumot oynasi hamda kompyuterning topshiriqlar 
    jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo„ladi. 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    109 
    Ushbu jarayonlar to„g„ri bajarilgandan so„ng, istalgan biror-bir brauzer-
    dastur yordamida Internet tarmog„iga ulaniladi. Agar aloqa o„rnatilmay 
    qolsa, aloqa o„rnatilmaganligi haqida xabar beruvchi oyna paydo 
    bo„ladi. Bunday xolda aloqani o„rnatish uchun yuqoridagi jarayon qayta 
    takrorlanadi. 
    Internet tarmog„ida barcha mavjud bo„lgan aloqa tarmoqlaridan 
    foydalanilmoqda: past tezlikdagi telefon tarmoqlaridan yuqori tezlikdagi 
    raqamli 
    sputnik 
    kanallarigacha. 
    Internet tarmog„ida ko„plab 
    kompyuterlar 
    Unix
     
    yoki 
    VMS
     
    operatsion tizimlarida ishlamoqda. Bundan 
    tashqari, 
    NetBlazer
     
    yoki 
    Cisco
     
    turidagi maxsus tarmoq marshrutizatorlari 
    taqdim etilgan. Internetda «
    WWW
    » nom tarkibiga kiruvchi manbalar 
    ko„pchilikni tashkil etadi. Yuqori darajaning eng katta domeni «
    COM
    » 
    hisoblanadi va u 
    3,96 mln
    .dan ortiq saytga ega bo„lib, saytlar umumiy 
    sonining 
    25%
    ini tashkil etadi. Hozirda 
    EDU

    NET

    Japan

    NIL
     
    domenlari 
    ham tez kengayib bormoqda. 
    Internet turli korxona va tashkilotlarga tegishli bo„lgan ko„plab 
    lokal va global tarmoqlardan tashkil torgan. Bu tarmoqlar o„zaro turli 
    aloqa tarmoqlari orqali bog„langan. Internetni turli kattalikdagi 
    tarmoqlardan tashkil topgan va o„zaro bir-biri bilan xabar, fayl va 
    boshqalar jo„natib, faol aloqada bo„lgan mozaika ko„rinishida tasavvur 
    qilish mumkin. 
    Internet tarmog„ini tashkil etuvchi negiz kompyuterlar xostlar 
    (
    Host

    yoki tarmoq bo„g„inlari deyiladi. Bunday kompyuterlar o„rtasida aloqa 
    24
    soat mobaynida davom etadi. Ular ilmiy va o„quv binolarida, 
    korxonalarda, katta firmalarda va boshqa korxonalarda joylashgan. 
    Tarmoq bo„g„inlari o„rtasida aloqa shisha tolali, sputnikli, radioreleli va 
    telefon kanallari orqali amalga oshiriladi. 
    Internet ko„pqavatli tarkibga ega. Asos tarmoqda yuqori tezlikdagi 
    optik bog„lanish kanallaridan foydalaniladi. Unga lokal tarmoqlar va 
    kompyuterlar bilan o„zaro aloqalarni ta‟minlovchi hududiy tarmoqlar 
    ulangan. Lokal tarmoqlar va kompyuterlar Internet provayderlari 
    deyiladi. 
    Internet provayderi
    – bu Internet xizmatini taqdim etuvchi firma yoki 
    tashkilot. Internetda ishlash sifati va qulayligi provayderga bog„liq. 
    Yaxshi provayderni tanlashda quyidagi qiyinchilar mavjud: 
    1.
    Internet xizmati to„plami va ularning narxi. 
    2.
    Provayder bilan aloqaning sifati (provayderning kirish 
    tarmoqlarida qanday modem o„rnatilgan – sifatli modemlar 
    aloqani ishonchliroq ta‟minlaydi); 
    3.
    Internetning boshqa provayderlari bilan o„tkazuvchanlik 
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    110 
    qobiliyati. 
    4.
    Ma‟lumotlarni uzatishda bog„lanish tezligi. 
    5.
    Texnik yordam va maslahat xizmatining mavjudligi yoki mavjud 
    emasligi. 
    2005
    -yilga kelib O„zbekistonda provayderlar soni salkam 
    600
    taga 
    yetdi. Internet tarmog„idan foydalanuvchilar soni esa 
    780
    ming nafarni 
    tashkil etdi. To„rt mingga yaqin o„zbek saytlari ro„yxatdan o„tkazildi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish