83
berilganlar bazasi ma‟lumotning har qanday elementiga sekundning
ulushlarida kirishni ta‟minlovchi magnit disk yoki barabanlarda
saqlanadi. Bu qurilmalar va ma‟lumotlarni boshqarish dasturiy ta‟minoti
dasturlarga bir necha yozuvlarni o„qish, ularni o„zgartirish va yangi
qiymatlarni tezkor foydalanuvchiga qaytarish imkonini berdi.
1980
-
yillarga kelib, yozuvlar to„plamiga yo„naltirilgan, ma‟lumotlarning
tarmoq modeli juda ommaviylashib ketdi. Ammo, yo„naltiruvchi
dasturiy
interfeys
darajasi
yuqori
emas
edi.
Bu
axborot
texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo„ldi.
Beshinchi avlod – relyatsion berilganlar bazasi: «mijoz-server»
arxitekturasi (
1980
–
1995
-yillar) quyi darajali interfeys uchun muqobil
yechim bo„ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni bir xilda taqdim
etishdan iborat. Ma‟lumotlar relyatsion modeli ma‟lumotlarni
aniqlash,
boshqarish universal tiliga ega. Bu yo„nalishdagi ishlar standart sifatida
qabul qilingan
SQL
tilining yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda
berilganlar bazalarining barcha tizimlari
SQL
interfeysini ta‟minlaydi.
Bundan tashqari, barcha tizimlarda bu standart
chegarasidan tashqariga
chiqqan o„zining kengaytmalari mavjud. Berilganlar bazasiga parallel
ishlov berish relyatsion modellarning ikkinchi kutilmagan ustunligi
bo„ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo„yicha berk amallar to„plamini
o„z ichiga oladi: har bir amal kirishda nisbat oladi va qiymat sifatida
nisbat chiqaradi. Shu sababli, relyatsion amallar bir amalning chiqishini
navbatdagi amalning kirishiga yo„naltirish yo„li bilan konveyerli
parallelizm imkoniyatini taqdim etadi.
Oltinchi avlod (mul‟timediali berilganlar bazasi,
1995
-yildan)
an‟anaviy son va belgilarni saqlashdan murakkab harakatli
ma‟lumotlarni olgan relyatsion-obyektga o„tish bilan bog„liq. Internet
mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma‟lumotlarni saqlovchi, ishlov
beruvchi va tasvirlovchi applet va «xelper»larni qo„llash asosida
qurilmoqda. Appletlar ovoz, video, elektron
jadvallar va grafikani
boshqaradi. Bunday appletli ma‟lumotlarning har qanday turi uchun
sinflar kutubxonasi mavjud.
Endi biz turli xil ma‟lumotlarni saqlovchi (hujjatlar, grafika, ovoz
va video namunalari) oltinchi avlod tizimlari boshlanishida turibmiz. Bu
oltinchi avlod tizimlari Internet va Intranet sahifalarida ma‟lumotlarni
saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi.
Axborot bilan ishlash anjomiy ombori (qurilmalar, stanoklar,
anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish vositalari
hisoblanadi. Ularni quyidagilarga ajratish mumkin: uslubiy, axborot,
matematik, algoritmik, texnik va dasturiy.