79
boshqarish; bloklar, tashqi jo„natmalar, tasvir
va chizma fayllari
bilan ishlash uchun
drag-and-drop
texnologiyasining yangi
interfeysi –
DesignCenter
ning qo„shilishi;
chop qilishga chiqarmasdan, qatlamlar bilan ishlash
imkoniyatining mavjudligi;
simli karkasdan bo„yashgacha bo„lgan vizuallashtirishning bir
necha rejimi mavjudligi;
yaratishda va tahrirlashda kiritishning aniqligini ta‟minlash
vositalarining mavjudligi;
chizmalarni birlashtirish va chop qilishga chiqarish imkoniyati;
o„lchamlar va o„lcham stillari bilan ko„rgazmali ishlash;
koordinata tizimlari va ko„rinishlarni boshqarish vositalarining
mavjudligi;
chizmaga gipermurojaat qo„yish mumkinligi; tashqi berilganlar
bazalari bilan ishlash;
Visual LISP
va
Visual Basic
redaktorlari
yordamida sozlash
vositalarining mavjudligi;
talqinlarning mosligi (
DWG AutoCAD R14, R13
va
DFX AutoCAD
R14, R13, R12
formatlarda).
Mutaxassislarning baholashlariga ko„ra
AutoCAD 2000 2D/3D
o„rta
narx toifasida universal grafik paket hisoblanadi.
SAPR
ning radioelektronika soxasida qo„llanilishiga to„xtalib
o„tamiz. Radioelektronika keng ilmiy-texnik soha hisoblanadi, shu
sababli radioelektron apparatlarni
(
REA
)
loyihalash muammosiga
to„xtalamiz.
REA
ni loyihalash sohasida
SAPR
ga qo„yiladigan asosiy talablar
quyidagilardan iborat bo„ladi:
REA
loyihalash barcha kompleks masalalarini yechish: tarkibiy,
funksional va printsipial
sxemalarni kiritish; hisoblashlarni
bajarish;
modellashtirish; apparaturalarni loyihalash; ishlab chiqarishning
texnologik tayyorgarligi va uni tayyorlash;
elementlar va bo„g„inlar to„liq kutubxonasining, ko„plab
parametrlarni jamlagan va yengil o„zgartirish imkoniyatiga ega
bo„lgan signal va shovqinlar generatorlarining mavjudligi;
GOST
va ma‟lumotlar omborlari ma‟lumotnomalarining
mavjudligi;
zarur hisoblashlarni amalga oshirish (ishchi rejimlar,
ishonchliligi, quvvati va boshqa parametrlar);
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
boshqa informatsion tizimlardan axborotni import va eksport
qilish imkoniyati;
turli periferiyani qo„llash.
REA
ni loyihalash jarayonini bosqichlarga (tizimli, sxemali, loyihali,
texnologik, ishlab chiqarish),
loyihalanayotgan
REA
ni esa darajalarga
(tizim, tizim osti yoki apparatura, anjom, blok, katakcha yoki bo„g„in)
bo„lish qabul qilingan. Bunday bo„linishdan kelib chiqadiki,
SAPR
barcha bosqichlar va loyihalash darajalarini to„liq hajmda ta‟minlashi
lozim. Ammo, amaliyotda bunday yondashuv to„liq amalga
oshirilmagan.
Oxirgi yillarda mutaxassis bo„lmaganlar uchun
SAPR
(uyda
foydalanish uchun) katta qiziqish uyg„otmoqda. Ulardan foydalanish
sohalari:
individual qurilish, havaskorlik modellashtirish va loyihalash
va boshqalar. Bunday sinfga qo„yiladigan aosiy talablar-qoniqarli narh
va kompyuter manbalariga talablarning katta emasligi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash sohasida ochiq muhitlarni qo„llash
samarali hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi loyihalash jarayonini
avtomatlashtirish hisoblanadi (loyihalanayotgan obyekt tarkibini tanlash,
zarur hisob-kitoblar va h.k). Bunday yondashuvni amalga oshirishga
grafik qobiq ko„rinishida amalga oshirilgan almashuvchi muammoga
yo„naltirilgan
DiaCAD
(SPRUT-texnologiyalar)
misol bo„la oladi.
Ammo
DiaCAD SPRUT
-texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi
va berilgan predmet muhitida loyihalash jarayonini
formallash amalga
oshirilgan hollarda qo„llaniladi. Mumkin bo„lmagan joylarda esa, taniqli
grafik redaktorlarida kabi, interfaol chizma vositalari qo„llaniladi.
DiaCAD
ning imkoniyatlari yechiladigan masalalar ro„yxati bilan
aniqlanadi:
GOST
talablariga rioya qilgan holda chizmalarni tezkor ishlab
chiqish;
iyerarxik grafik ma‟lumotlar omborlarini yaratish va foydalanish;
intellektual tahrirlash (o„lchamlari qiymatlarini o„zgartirish yo„li
bilan chizmani tahrirlash);
dasturlashsiz parametrlangan dasturlarni olish.
DiaCAD
ni funksional jihatdan ikki qismga ajratish mumkin: grafik
berilganlar bazasi administrator muhiti va konstruktor muhiti.
Grafik berilganlar bazasining administrator muhiti iyerarxik grafik
berilganlar bazasi bilan ishlash uchun mo„ljallangan va quyidagi
masalalarini yechish imkonini beradi:
ixtiyoriy iyerarxik tartibli
berilganlar bazasini yaratish; chizmani
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
tezkor ko„rish;
bir chizmadan ikkinchisiga ma‟lumotlarni ko„chirish;
chizmani graf quruvchi yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish.
Konstruktor muhiti chizmalar va geometrik modellar yaratish va
tahrirlash imkonini beradi.