7
1. Jamiyat va axborot
Axborot (informatsiya) tushunchasi
Axborot (
informatsiya
) tushunchasi lotin tilidagi
«informatio»
so„zidan olingan bo„lib, bayon etish,
tushuntirish, izohlash kabi
ma‟nolarni bildiradi. Axborot deyilganda biz radio va televideniye
xabarlarini, kitob, gazeta, berilganlar bazasi, kutubxona ma‟lumotlarini,
insonlar bilan muloqot qilish orqali va ilmiy jurnallardan olingan
bilimlarni nazarda tutamiz. Axborotlar kitoblarda,
kutubxonalarda,
berilganlar bazalarida, qog„ozda va mashina tashuvchilarida saqlanadi.
Axborot og„zaki, yozma, elektron signal va radioto„lqin yordamida
uzatiladi. Sezgi organlari, foto- va videokameralar,
elektron datchiklar
yordamida qabul qilinadi.
Alohida xabarlar va ma‟lumotlar qayta ishlanadi, shakllantiriladi,
tizimlashtiriladi, saralanadi va yangi axborot yoki yangi bilimlar olinadi.
Turli usullar va shakllar yordamida taqdim etilayotgan axborot, sifatidan
qat‟iy nazar,
ma’lumotlar
deyiladi. Jo„natish uchun mo„ljallangan
axborot
xabar
deyiladi.
Keng ma‟noda axborot – bu ma‟lumotlar, bilimlar, xabarlar bo„lib,
saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo„yilgan masalalarni yechishga
yordam beruvchi obyekt hisoblanadi. Axborot
tushunchasini matematik
turdagi abstrakt tushuncha deb qarash mumkin. Ammo, uning bir qator
xususiyatlari uni material olamga yaqinlashtiradi. Axborotni olish,
saqlash, qayta ishlash, uzatish va o„chirish mumkin. Material olamda
axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot tashuvchi – uzatkich,
aloqa kanali va axborot qabul qiluvchi bo„lishi zarur.
Uzatish muhiti
manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi.
Axborot tushunchasi u xossalarini ifodalovchi biror bir obyekt bilan
bog„liq. Bundan tashqari, axborotning tashuvchiga nisbatan nisbiy
bog„liqsizligi kuzatiladi: u ma‟no (semantika)sidan qat‟iy nazar, turli
fizik muhitlarda turli-tuman fizik signallar yordamida uzatilishi va
shakllantirilishi mumkin.
Axborot kuzatish, hisoblash tajribalari hamda
mantiqiy xulosalar orqali olinishi mumkin.
Axborot almashinuvida material olam obyekti sifatida manba va
qabul qiluvchi – inson yoki qandaydir material obyekt mavjud bo„lishi
zarur. Axborot har qanday material tizimning akslanishi hisobiga yuzaga
keladi va butun materiyaning xossasi bo„lib hisoblanadi. Axborot
tushunchasi ikki obyektning mavjudligini nazarda tutadi: axborot
manbai va iste‟molchi. Iste‟molchi olinayotgan
axborotni qayerda va
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
qanday maqsadlarda foydalanayotganiga qarab, baholashi mumkin.
Bundan kelib chiqadi-ki, axborot
paragmatik, semantik
va
sintaktik
aspektlarga ega.
Paragmatik aspekt
– olinayotgan axborotni qo„llash
orqali
belgilangan maqsadga erishishdir. Bu iste‟molchining holatiga ta‟sir
qiladi. Agar axborot samarali bo„lsa, iste‟molchining holati yaxshi
tomonga o„zgaradi.
Semantik aspekt
– berilayotgan axborotning ma‟nosini baholash
imkonini beradi va tilning ma‟noviy elementlari yoki so„zlari o„rtasidagi
semantik bog„liqlikni aniqlaydi.
Sintaktik aspekt
– axborotni taqdim etish usuli bilan bog„liq bo„lib,
axborot ishtirok etayotgan real jarayonga qarab (uni yig„ish, tasvirlash,
uzatish, shakl almashtirish, kiritish yoki chiqarish)
maxsus belgilar,
nishonlar ko„rinishida taqdim etiladi.
Jamiyat va tabiatni o„zgartirish uchun insoniyat faoliyatining har
qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va
fikrlashning obyektiv qonuniyatlarini ifodalovchi mantiqiy axborot
«