Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................... 192




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................... 192 
www.ziyouz.com kutubxonasi



KIRISH
Insoniyat o„z rivojining yangi bosqichiga qadam qo„ydi. Yangi 
ming yillikning boshlanishi bilan industrial jamiyatdan axborot 
jamiyatiga o„tish boshlandi. Bu o„tishni ta‟minlovchi jarayon 
axborotlashtirish nomini oldi. Axborotlashtirish – mehnat sifatini, 
yashash sharoitlarini tubdan o„zgartirish uchun yetarli bo„lgan va 
jamiyatning barcha a‟zolarini axborot bilan ta‟minlash darajasini 
qo„llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish, 
rivojlantirish va umumqo„llash jarayonidir. Axborotlashtirishning 
zarurati axborotning roli va qiymatining keskin o„sishi bilan izohlanadi. 
Axborot jamiyati axborotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va 
jamlash bo„yicha inson faoliyatini o„z ichiga olgan yuqori darajada 
rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi. 
Informatika ilmiy yo„nalish sifatida turli darajadagi mutaxassislarni 
tayyorlashda bir qator umumkasbiy va maxsus fanlar uchun asos bo„lib 
hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material 
manbaga nisbatan yetakchi bo„lib bormoqda. Axborot manbalari tijorat 
tavsifiga ega bo„lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda. 
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq 
qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun 
ham tayyorgarlikni talab qiladi. 
Bunda barcha o„rganuvchilar uchun quyidagilar zarur: 
Axborot jarayonlari, tarkibi, modellari, negiz va amaliy axborot 
texnologiya vositalari va usullarini loyihalash va yaratish. 
Axborot texnologiyalari negizida tizimni boshqarish usullarini 
bilish. 
Turli fan sohalarida funksional masalalarni yechishda, hamda 
axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashda axborot 
texnologiyalarini qo„llashni bilish. 
Axborot tizimlarining qo„llanilish sohalari va axborot jamiyatiga 
o„tish sharoitida uning kelajagi haqida tushunchaga ega bo„lish. 
Axborot tizimlarini yaratish sohasidagi bilimlar axborot 
madaniyatini shakllantirishda boshqa yo„nalishlardagi mutaxassislar 
uchun ham zarurdir. Bunday bilim informatika sohasida malakali 
mutaxassislar mavjud bo„lgandagina shakllanishi mumkin. Bunday 
mutaxassislarga bo„lgan talab O„zbekistonda ham, chet ellarda ham ortib 
bormoqda. 
Jamiyat tomonidan axborot texnologiyalarini o„zlashtirish har bir 
www.ziyouz.com kutubxonasi



inson yashash sharoitining yaxshilanishini ta‟minlashi lozim. Axborot 
jamiyati 
insoniyat 
rivojining 
navbatdagi 
bosqichidir. 
Bunda 
insoniyatning yashash muhiti axborot texnologiyalariga tayanadi. 
Hozirgi yoshlarga yangi asrda o„qishga va ishlashga to„g„ri keladi. 
XXI asr oxirida insoniyat jamiyatining rivojlanish manbai deb tan 
olingan axborotsiz hech qanday ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Bugungi 
kunda insoniyat axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga 
erishdi. Bu kompyuterlar va kompyuter tizimlari, lokal va global 
tarmoqlar, Internet xalqaro tarmog„i, multimedia texnologiyasi va 
boshqalardir. Informatika inson faoliyatining barcha sohalariga kirib 
bordi. Oxirgi yillarda axborot keng talab qilinadigan va qimmat 
mahsulotga aylandi, «axborot xizmati» tushunchasi insoniyat 
faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan butun bir ishlab chiqarishni 
aniqladi. 
Mutaxassis-muhandis, huquqshunos, jurnalist, psixolog axborot 
oqimini qiyinchilik bilan boshqarmoqda. Mutaxassis yetarli darajada o„z 
vazifalarini bajarishi uchun axborotga ishlov berishda qo„llaniladigan 
anjom va usullar zarur. Xuddi shu masala axborotga ishlov berish bilan 
bog„liq sohada ham ko„zga tashlanmoqda: nazariy jihatdan inson har 
qanday axborotni kompyutersiz qayta ishlashi mumkin, ammo 
informatikada mavjud bo„lgan bilim va ko„nikmalarga ega bo„lsa, buni 
samaraliroq bajaradi. 
Axborot tizimi oliy o„quv yurtlarining negiz predmetlaridan biri 
sifatida axborot madaniyatini o„zlashtirish va axborot muhitida ma‟lum 
bir darajada dunyoqarashning shakllanishi uchun xizmat qiladi. Ya‟ni, 
axborotni olish, ishlov berish va uzatish uchun kompyuter axborot 
tizimlari va unga mos texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, 
axborot bilan maqsadga yo„naltirilgan holda ishlay olish. 
Ushbu o„quv qo„llanma Informatika fanining qismlaridan biri 
bo„lgan «

Download 2,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................... 192

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish