Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

ilmiy axborot
» nomini olgan. Uni olinish yoki qo„llanilish sohalariga 
qarab turlarga ajratish mumkin. Masalan, 
siyosiy

iqtisodiy

fizik

ximik

matematik 
va boshqalar. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida 
ishlab chiqarish masalalarini yechishda 
texnik axborot
 
qo„llaniladi. U 
yangi mahsulotlar, materiallar, agregatlar, konstruktsiyalar, texnologik 
jarayonlarning ishlab chiqilishida asosiy omil bo„ladi. Ayrim hollarda, 
ilmiy va texnik axborotlar birlashtirilib
ilmiy-texnik
 
axborot
deb 
yuritiladi. Axborotlarni vazifalariga ko„ra ham turlarga ajratish mumkin: 
ommaviy
 
va 
maxsus
 
axborotlar
. Qog„oz tashuvchiga tushurilgan axborot 
qismi esa, 
hujjatli
 
axborot
 
nomini olgan. 
Axborotni manba turi sifatida yaratish, uzatish, qidirish, qabul 
qilish, u yoki bu shaklda nusxalash, qayta ishlash va yo„qotish mumkin. 
Axborot namunalari turli shakllarda yaratilishi mumkin: ovoz yoki 
radioto„lqin, elektr toki yoki kuchlanish, magnit maydonlari, qog„oz 
tashuvchilarga tushirilgan turli belgilar va h.k. Axborot manbai iqtisodiy 
toifa sifatida industrial jamiyatning muhim tavsiflaridan biri bo„lib 
hisoblanadi. 
Axborot manbai
 
– mavjud bo„lgan faktlar, hujjatlar, ma‟lumotlar va 
bilimlarning jamlanmasi bo„lib, jamiyat holatining vaqt bo„yicha 
o„zgarishini tasvirlaydi va mutaxassislar tayyorlashda, ilmiy 
izlanishlarda va material ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 
Hujjatlar
 
– bu ma‟lum tartibda tarkiblangan va qog„oz tashuvchilarga 
tushurilgan axborot qismidir. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Faktlar
 
– predmet sohasini kuzatishlar natijasidir. 
Ma’lumotlar
 
– bu matn, vizual va so„zlashuv uchun xarakterli bo„lgan 
erkin tarkibdan farqli ravishda yuqori darajada formatlanganligi bilan 
farqlanuvchi axborot turidir. 
Bilim
 
– bu insonning nazariy va amaliy faoliyati natijasi bo„lib, 
yuqori darajada tarkiblangan va malakani jamlashni ifodalovchi 
axborotdir. 
Bilimning uchta asosiy turini ajratish mumkin: 
deklorativ
 
– obyektning umumiy bayonini taqdim etadi, aniq 
predmet sohasida ularni qo„shimcha tartiblashlarsiz qo„llash 
imkoniyatini bermaydi; 
tushunchali (tizimli)
 
– birinchisidan tashqari, tushuncha xossalari va 
tushunchalar o„rtasidagi bog„liqliklarni o„z ichiga oladi; 
jarayonli (algoritmik)
 
– yechim algoritmini olish imkonini beradi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish