13
predmetlari to„plami. Obyekt bunday to„plamning
noaniq elementini
ifodalaydi. Obyektning asosiy tavsifi uning atributlari (xossalari) tarkibi
hisoblanadi. Atributlar – ularning vositachiligi yordamida boshqa
obyektlar xossalarini bayon etish qoidalarini berish mumkin bo„lgan
maxsus obyektlardir.
Obyekt namunasi
– bu to„plamning aniq bir elementi. Masalan,
avtomobilning davlat raqami obyekt bo„lishi mumkin. Bu obyektning
namunasi aniq nomer –
01 K 874 BA
.
Sinf
– bu real hayotning tarkibi va umumiyligi bilan bog„langan
elementlar to„plamidir. Sinf elementi – berilgan to„plamning aniq
elementidir. Masalan, avtomobillarni ro„yxatga olish nomerlari sinfi.
Axborotning
ortiqchaligini
kamaytirish
uchun
«boyitish»
jarayonidan foydalaniladi. Masalan, korxona xodimlari ro„yxatini
kompyuterda saqlashda ayrim hollarda familiyalarining boshlang„ich
uchta xarfini kiritish kifoya. Axborotlarni
boyitish usullari ichida
tarkibiy, statistik, semantik va paragmatik boyitishlarni ajratish mumkin.
Tarkibiy boyitishda
talab
qilingan aniqlik, axborot manbalarining
xizmat ko„rsatish tezligi va tahlil qilinayotgan jarayon chastota spektriga
bog„liq bo„lgan axborotni ifodalovchi parametrlarini o„zgartirish nazarda
tutiladi.
Statistik boyitishda
statistik ma‟lumotlarni jamlash, jamlangan
ma‟lumotlardan saralanganlariga ishlov berish amalga oshiriladi.
Semantik boyitish
axborotning mazmunini,
hisoblashlar va
bildirishlar, tushunchalarni ajratish va tasniflash,
mantiqiy formalarni
minimallashtirishni bildiradi. Semantik boyitish natijasida ishlov
berilayotgan yoki uzatilayotgan axborotni
umumlashtirishga va undagi
mantiqiy qarama-qarshiliklarni yo„qotishga erishiladi.