|
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun oBog'liq Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)Axborotlarni jo‘natish
Axborotlarni jo„natish amalini bajarishning asosiy fizik usuli lokal
va global uzatish tarmoqlaridan foydalanish hisoblanadi. O„zaro
moslikni ta‟minlash uchun tarmoqlarni ishlab chiqish va qo„llashda
ochiq tizimlar yetti darajali modeliga birlashtirilgan bir qator standartlar
qo„llaniladi. Tarmoqlar aro axborot almashinuvi sohasida
OSI
(
Open
System Intreconnection
) modeli xalqaro standart sifatida qabul qilingan.
Bu model
Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (International
Standards Organization –
ISO
)
tomonidan ishlab chiqilgan. Ko„pgina
tarmoq dasturiy-apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar bu modeldan
foydalanishga harakat qilmoqdalar.
Bu modelning darajalari haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz.
Fizik daraja
fizik boshqaruvni amalga oshiradi. Fizik zanjirga,
masalan, axborot uzatiladigan telefon kiradi. Bu darajada OSI modeli
aloqa zanjirining fizik, elektrik, funksional tavsiflarini, hamda tarmoq
adapterlari va modemlariga bo„lgan talablarni ifodalaydi.
Kanalli daraja
. Bu darajada tarmoq kanalini boshqaruv va fizik
kanallar orqali axborotlar blokini uzatish (bitlar mosligi) amalga
oshiriladi. Masalan, blokning boshi va oxirini aniqlash, uzatishdagi
xatolarni topish, jo„natmalarni manzillash va hokazo. Kanalli daraja
tarmoq kompyuterlari o„rtasida tarmoq apparat vositalaridan birgalikda
foydalanish qoidalarini ifodalaydi.
Tarmoq darajasi
virtual zanjirga tegishli bo„lib, fizik jihatdan
mavjud bo„lishi shart emas. Bu daraja orqali ta‟minlanuvchi interfeys
orqali
fizik
darajadagi
uzatishni
boshqaruvning
murakkabligi
«yashiriladi». Darajaning dasturiy vositalari paketlarni tarmoqda uzatish
yo„nalishlarini aniqlashni ta‟minlaydi. Yo„naltirgichlar OSI modeli
tarmoq darajasida manzilli axborotlarni tahlil qilish asosida optimal
yo„nalishni qidirishni ta‟minlaydi.
|
| |