Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/104
Sana07.08.2024
Hajmi2,13 Mb.
#269215
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar (1)

Paragmatik boyitish 
qaror qabul qilish uchun axborotni qo„llashda 
muhim bosqich hisoblanadi. Olingan axborotlardan foydalanuvchi 
maqsad va vazifalariga mos keluvchi eng zarurlari tanlab olinadi. 
Axborotlarga ishlov berish
Axborotlarga ishlov berish deyilganda, bir «axborot obyekti» ustida 
ma‟lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot 
obyekti»ni shakllantirish tushuniladi. Bu jarayon axborotning turli- 
tumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi. 
Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo„lmagan 
ishlov berish usullarini ko„rsatish mumkin. Ko„rsatilgan ishlov berish 
turlari «ma‟lumot» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Sonli ishlov 
berishda o„zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko„p o„lchovli massivlar, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


14 
o„zgarmaslar kabi obyektlar qo„laniladi. Sonli bo„lmagan ishlov 
berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar
nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki, 
sonli ishlov berishda ma‟lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas, 
ayni vaqtda sonli bo„lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi 
emas, balki obyekt haqida ma‟lumotlar qiziqtiradi. 
Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan 
axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 
ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo„lgan, an‟anaviy 
fon-neyman arxitekturali 
EHM
larda qo„laniladi; 
parallel ishlov berish, 
EHM
da bir necha protsessor bo„lganda 
qo„llaniladi; 
konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM 
arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog„liq. 
Elektron hisoblash mashinalarning mavjud arxitekturalarini 
axborotga 
ishlov berish nuqtai nazaridan quyidagi sinflardan biriga taalluqli 
deb olish qabul qilingan: 
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturaci (
SISD
)
. Bu 
sinfga, «atribut-qiymat» juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor 
bo„lgan, an‟anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar 
tegishlidir. 
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturaci (
SIMD
)
. Bu 
sinfning alohidaligi, bir xil protsessorlarni boshqaruvchi bir (markaziy) 
nazoratchining 
mavjudligi 
hisoblanadi. 
Nazoratchi, 
protsessor 
elementlari imkoniyatlariga, protsessorlar soniga, qidiruv rejimini 
tashkilashtirish va manzil tasniflariga qarab, quyidagilarni ajratish 
mumkin: 
vektorli va matritsali masalalarni yechish uchun qo„llaniluvchi 
matritsali protsessorlar; 
sonli bo„lmagan masalalarni yechishda va unda saqlanayotgan 
ma‟lumotlarga to„g„ridan-to„g„ri murojaat qilish mumkin bo„lgan 
xotiralarni qo„llovchi assosiativ protsessorlar; 
sonli va sonli bo„lmagan ishlov berish uchun qo„llaniluvchi 
protsessor ansambllari; 
vektorli va konveyerli protsessorlar. 
Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari 
(
MISD
)
. Bu sinfga konveyerli protsessorlarni kiritish mumkin. 
Ko‘p oqimli buyruqlar va ko‘p oqimli ma’lumotlar arxitekturalari 
www.ziyouz.com kutubxonasi


15 
(
MIMD
)
. Bu sinf axitekturalariga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish 
mumkin: multi protsessorli tizimlar, multiishlov beruvchi tizimlar, ko„p 
mashinalardan tashkil topgan hisoblash tizimlari, hisoblash tarmoqlari. 
Ma‟lumotlar bilan ishlash jarayonini shartli ravishda quyidagicha 
taqsimlash mumkin: 
Ma’lumotlarni yaratish
– ishlov berish jarayoni sifatida, qandaydir 
algoritmning bajarilishi natijasida axborot yaratishni va keyinchalik 
undan yuqori darajalarda foydalanishni nazarda tutadi. 
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash
– yangilarini kiritish va 
keraksizlarini yo„qotish yo„li bilan amalga oshiriluvchi, aniq predmet 
sohasidagi o„zgarishlarni tasvirlash bilan bog„liq bo„lgan axborotlardir. 
Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik
– axborot modelida predmet 
sohasining holatini tasvirlash uchun yo„naltirilgan va axborotning 
xavfsizligini, texnik va dasturiy vositalar zararlanishi va uzilishlaridan 
himoyalanishni ta‟minlaydi. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan 
axborotni qidirish, turli so„rovlarga javob berishda mustaqil harakat va 
axborotga ishlov berishda yordamchi amal sifatida amalga oshiriladi. 
Qaror qabul qilish
– axborotga ishlov berishda bajariluvchi asosiy 
amal hisoblanadi. Qabul qilinadigan qarorlarnig ko„pligi turli matematik 
modellardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Hisobotlar, hujjatlar yaratish
– axborotni ham inson, ham 
kompyuter tomonidan o„qiy olish mumkin bo„lgan formaga 
aylantirishdir. Bu amal xujatlarni saralash va skanerlash, hisoblash, 
ishlov berish amallari bilan bog„langan. 
Axborotlarga ishlov berish amallari eng keng qo„llaniladigan muhit 
qarorlar qabul qilish muhiti hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonlari 
haqida keyingi mavzularimizdan birida to„xtalib o„tamiz. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


16 

Download 2,13 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish