94
VI-BOB. ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI
6.1. Mavzu: Elektron tijorat asoslari. Elektron tijorat tarkibiy
qismlari
Reja:
1. Elektron tijorat tarkibiy qismlari. Elektron tijorat texnologiyalari.
Elektron tijorat kategoriyalari
2. Elektron tijorat muhim kategoriyalari. Elektron to‘lov jarayonlari.
3. E-tijorat dasturiy ilovalari. Elektron tijorat tendensiyalari
4. Web do‘konga qo‘yiladigan talablar. Business-to-business elektron
tijorat. Elektron tijoratda Clicks and Bricks tushunchalari. Mobil tijorat
ilovalari.
Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. “e-commerce”) — internet orqali
savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish.
Elektron tijoratga jahon miqiyosida hozirgi eng katta internet
auksioni va doʻkoni eBay misol boʻladi.
O‘zbekiston kesimida esa Elektron tijorat maydoni Vibo
Marketplace misol bo‘ladi.
Elektron tijorat atamasining oʻzi deyarli 1950-1960-yillarda
kompyuter paydo boʻlganidan keyin darhol paydo boʻldi. Dastlabki
dasturlardan biri bu transport chiptalariga buyurtma berish, shuningdek
reyslarni tayyorlash uchun turli xizmatlar oʻrtasida maʼlumot
almashishdan iborat boʻlgan. U 1961-yil Massachusets texnologiyalar
institutidan Leonard Kleinrok maʼlumotlarni uzatish uchun paketlarni
kommutatsiya qilish nazariyasini ishlab chiqdi.
Elektron biznesning quyidagi eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlari
haqida gapirishimiz mumkin (6.1-rasmga qarang):