Axborot tizimining umumiy ko‘rinishi
Materiallar xaridi Narx qo‘shilishi Mahsulotni sotish
Yetkazib beruvchilar Buyurtmachilar
Yangi axborot texnologiyalarining infratuzilmasi bilan
bog‘liq boshqaruv muammolari. Kompaniyani elektron tijorat va
biznesga murojat etish AT-infratuzilmasini qayta ko‘rib chiqishga
undaydi. Ko‘pgina kompaniyalarda eski dasturiy va texnik vositalar
SCM
ERP
CRM/SCM
88
hamda tarmoq vositalari yaxshi ishlaydi. Buyurtmachi va yеtkazib
beruvchilar bilan muammosiz aloqani ta’minlovchi korporativ biznes
jarayonlarni qo‘llash uchun kompaniya axborot arxitekturasi va AT
texnologiyalarini qayta ko‘rib chiqishi zarur bo‘ladi.
Shuningdek, quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
axborot tizimlarini ishlatish jarayonlarida rahbar tomonidan
nazoratni еtarli emasligi;
dasturlar integrallashuvini muammosi va o‘zaro bog‘liqligi;
tashkiliy o‘zgarishlarni kiritish zarurati;
korporativ kompyuter hisob-kitoblari bilan bog‘liq ichki xarajatlar;
infratuzilmani masshtablashtirish jarayonida vujudga keladigan
qiyinchiliklar;
ishonchlilik va xavfsizligi;
muammolarni izohlash va boshqalar.
Tarmoq va standartlarni nomutanosibligi aloqa muammolarini
vujudga keltiradi. Tashkilot reinjineringi bo‘yicha imkoniyatlar paydo
bo‘ladi. Bu esa xodimlarga to‘lovlar va tizim, tarmoqni boshqarish
bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi.
Menejerlar korporativ tarmoqlarni bandligining o‘sishini nazarga
olgan holda strategiyani ishlab chiqishi zarur. Tarmoq infratuzilmasi
nafaqat joriy so‘rovlarni, balki kelajakdagi talablarni ham qondira
olishi kerak.
Xavfsizlik korxonada birlamchi ahamiyatga ega, buning uchun
katta tranzaksiyalar o‘tkazuvchi katta tarmoqlarga quyidagi yеchimlar
taklif etiladi:
SCM/ERP CRM/SCM
boshqaruvni o‘zgartirish;
malaka oshirish va treyning;
ma’lumotlarni boshqarish qoidalari;
aloqani rejalashtirish va dasturlarni integrallashuvi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish
tizimli dasturiy ta’minot va kompyuter va telekommunikasiya
texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqarish vazifalarini hal etish
uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va
axborotni muhofaza qilish, bilim usullari va vositalari majmuini tashkil
etishdan
iboratdir.
Boshqaruvda
axborot
texnologiyalari
avtomatlashtirilgan tarzda tez-tez ishlatiladi, ya’ni texnik va dasturiy
89
vositalardan foydalangan holda boshqarish texnologiyalarini amalga
oshirishni ko‘zda tutadi.
Umuman olganda, axborot texnologiyalari
bu ma’lumotlarni
boshqarish va qayta ishlash texnologiyasidir. Odatda bu atama ostida
kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari
sohasida turli axborotni elektron hisoblash mashinalari (EHM) va
kompyuter tarmoqlari orqali yig‘ish, saqlash, himoyalash, qayta
ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot
texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy
texnikadan tashqari aloqa vositalari telefon, teletayp, telefaks va
boshqalar qo‘llaniladi.
Axborot
texnologiyalari
insoniyat
taraqqiyotining
turli
bosqichlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan
jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida
birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan
kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga
sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot
texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida еtakchi o‘rinni
egallamoqda. Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini
komp’yuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan
bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini shartli ravishda
saqlovchi, rasionallashtiruvchi va yaratuvchi turlarga ajratish mumkin.
Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni va vaqtni
tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar
buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘la
oladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab
chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonning tarkibiy qism sifatida
o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda
yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish
zarurligini ko‘rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda,
axborotdan
iqtisodiyotni
rivojlantirish,
mamlakat
fan-texnika
taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish
jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida
foydalanish tushuniladi.
90
Korxona
boshqaruvi
uchun
zamonaviy
axborot
texnologiyalarining asosiy vazifalari kerakli ma’lumotlarni qidirish,
to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish va
optimallashtirishning turli xil muammolarini hal etishdan iboratdir.
Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan,
ma’lumotlarni
qayta
ishlash
operatsiyalarini
tanlash
va
avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun zarur bo‘lgan yangi ma’lumotlarni olish uchun ularni qayta
ishlash orqali ham amalga oshiriladi.
So‘nggi o‘n yil ichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari
yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada
imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga
va korxonalarning rahbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy
axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning so‘nggi usullari bilan
ta’minlanib kelinmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini
boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat to‘lash, balki daromad olish
imkonini ham bermoqda. Ma’lumki, yirik g‘arbiy korporatsiyalar
korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun har
yili yillik aylanma mablag‘larining 1,5 dan 4 foizi miqdorida sarflaydi.
Axborot-kommunikasiya
texnologiyalari
boshqa
turdagi
texnologiyalarning funksional tarkibiy qismlari (masalan, ishlab
chiqarish, tashkiliy, ijtimoiy) va ularning intellektual yadrosi rolini
o‘ynaydi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun
obyektni batafsil tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini
o‘rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi.
So‘rov materiallarini tahlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli
ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot
oqimlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatadi.
Korxonalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb
qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Operaysion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga
asoslanadi).
2. Boshlang‘ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish obyektining
holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, uning
holatini modellashtirish va prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini
rejalashtirish, ularni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish
91
uchun bevosita qo‘llab-quvvatlash, ijrochilarga ularning yеchimlarini
taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir).
3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta’siri o‘zgarishini hisobga
olib nazorat qilish tamoyili.
4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining
o‘zaro bog‘liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni
boshqarish tamoyili.
Ta’kidlash kerakki hozirgi vaqtda korxona boshqaruvida quyidagi
axborotni boshqarish tizimlari ishlatiladi:
1. ERP (Enterprise resource planning). ERP tizimi bu – ERP
strategiyasini, ya’ni ishlab chiqarish va turli operatsiyalarni
integratsiyalash, mehnat resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment
va aktivlar boshqaruvining tashkiliy strategiyasini amalga oshiruvchi
maxsus dasturiy paket. Ushbu strategiya dasturiy ta’minotning maxsus
integratsiyalashgan to‘plami orqali tashkilot resurslarini doimiy
ravishda muvozanatlashtirishga va optimallashtirishga qaratilgan, bu
esa faoliyatning barcha yo‘nalishlari uchun ma’lumot va jarayonlarning
umumiy modelini taqdim etadi.
Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni
hal qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga
qaramay, ushbu tizimlar o‘rtasida konsolidatsiya, ma’lumotlarni qayta
ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi,
bu esa o‘z o‘rnida mehnat xarajatlarini ko‘payishiga va inson omili
ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integrasion
bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda
yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va
ko‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bo‘yicha
yеtarlicha ma’lumotga, integrasion bazaning asosiy platformasidan
foydalangan holda tashkilotning ERP tizimi infratuzilmasini yaratish va
shu kabi yеchimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega.
Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni hal
qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga
qaramay, ushbu tizimlar o‘rtasida konsolidasiya, ma’lumotlarni qayta
ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi,
bu esa o‘z o‘rnida mehnat xarajatlarini ko‘payishiga va inson omili
ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integrasion
bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda
yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va
92
ko‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bo‘yicha
yеtarlicha ma’lumotga, integrasion bazaning asosiy platformasidan
foydalangan holda tashkilotning ERP tizimi infratuzilmasini yaratish va
shu kabi yеchimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega.
2. CRM (Customer Relationship Management) tizimlari.
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari nuqtai nazaridan qaraganda
CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish vositasi
bo‘lib, tashkilotlarga ularning o‘zaro aloqasini qayd qilish, daromad
olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy, me’yoriy
qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Berilgan axborot-kommunikasiya texnologiyalari mijozlar bilan
ularning xususiy ehtiyojlarini izohlash orqali uzoq muddatli va
daromadli o‘zaro munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. CRM tizimi
mijoz haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishni amalga oshiruvchi
kompyuter dasturi bo‘lib, ushbu tizim yordamida yangi mijozlarni jalb
qilish va avvalgi mijozlarni yo‘qotmaslik, xarajatlarni pasaytirish,
mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va daromadni
ko‘paytirish, tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish kabi maqsadlarda
qo‘llaniladi.
CRM tizimi mijoz va sheriklar bilan hamkorlikning aniq va
ravshan jarayonini tashkil etish, samarali marketing va savdo tashkil
etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, tashkilot barcha xodimlari
ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida zamonaviy CRM tizimi
quyidagi komponentlarga ega bo‘lishi zarur:
- aloqa va mijozlar bazasini boshqarish;
- savdoni boshqarish;
- telefon orqali savdo (telemarketing);
- vaqtni boshqarish (taym-menejment);
- mijozlarga xizmat ko‘rsatish (sotuvdan keyingi xizmat);
- marketingni boshqarish (so‘rovnoma, anketa to‘ldirish);
- yuqori rahbariyat uchun hisobot;
- boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanish;
- ma’lumotlarni bir-biriga moslashtirish;
- elektron savdoni boshqarish (tashkilot veb-sayti bilan
bog‘lanish, mijozlar va sheriklar uchun portal);
- mobil savdoni boshqarish (kompyuter, noutbuk yoki uzoqdan
foydalana olish).
|