87
uning kelib chiqishi tijoratni avtomatlashtirish
vositalariga va
faoliyatda global tarmoqdan foydalanishga borib taqaladi.
Yetkazib berish zanjirining boshqaruv tizimi. (Supply Chain
Management – SCM) еtkazib beruvchi, distribyuter va sotib
oluvchilarni yagona mantiqiy jarayonga birlashtiradi. Yetkazib berish
zanjiri deganda yеtkazib berish bo‘yicha
buyurtmani bajarish uchun
birlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji savdo markazlari va
distribyutsiya, insonlar va boshqa ko‘pgina iqtisodiy agentlar
tushuniladi. SCMning sohasiga buyurtmani shakllantirish, yеtkazib
beruvchilarni izlash, ular
orasida buyurtmani taqsimlash, bajarilishini
nazorat qilish, yеtkazib berish rejasi va grafigini aniqlash, qabul qilish
va buyurtmani buxgalteriyaga kiritishlar va boshqalar kiradi.
Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimlari (Cystomer
Relations Management – CRM) Zamonaviy iqtisodiyotning
paradigmasi e’tiborni ishlab chiqarishga emas, balki mijozga qaratish
hisoblanadi. U zamonaviy kompaniyalarning
biznes-jarayonlarini
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga aylanmoqda.
Tizimning funksiyalari:
1. Sotuvni boshqarish (Mijoz hisobini boshqarish, sotuvni
bashoratlash, tovar va xizmatlar ro‘yhatini boshqarish,
mijozlar bilan
aloqani boshqarish);
2. Marketing (mijozga dolzarb axborotni еtkazish);
3. Mijozga yordam xizmati (mijozlar bilan o‘zaro munosabatni
boshqarish).