103
C2G modeli (Consumer to Government)
Bu biznes modeli o‘zaro fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi
munosabatlarni qamrab oladi.
C2G elektron biznes modeli o‘z ichiga elektron tijorat
elementlarini, masalan, soliqlarni yig‘ish uchun, avtomobilni
ro‘yxatdan o‘tkazish, patentni ro‘yxatga olish, kerakli ma’lumotni olish
uchun xizmat qiladi. Natijada qog‘oz bilan ishlash hajmi kamayadi va
zarur protseduralar sezilarli darajada tezlashadi. Ilgari fuqarolardan
uzoq vaqt navbatda turish, davlat amaldorlari bilan muloqot qilish va
ko‘plab qog‘oz hujjatlarni tayyorlash va ko‘chirish talab qilgan bo‘lsa
endi bir necha daqiqa vaqtni oladi. C2G elektron biznes modellari
hukumat tabiatini o‘zgartirib, “elektron demokratiya” rivojlanishiga
olib keladi.