106
tomonidan taqdim etilgan qaror takliflarini
tasdiqlash uchun tizimga
qaytarib yuborishdan oldin ularni o‘zgartirishi, to‘ldirishi yoki
takomillashtirishi mumkin va shu kabi tizim yana qaror qabul
qiluvchining takliflarini yaxshilaydi, to‘ldiradi va takomillashtiradi va
ularni tasdiqlash uchun yuboradi.
Hal etiladigan vazifalarnint murakkabligi va qo‘llanilish sohasiga
bog‘liq holda QQQT ning 3 ta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi darajali QQQT ko‘plab vazifalarni bajarish imkoniyatiga
ega. U yuqori darajadagi davlat boshqaruvi (prezident, hukumat,
vazirliklar ma’muriyati) organlarida va katta kompaniyalarning
boshqaruv organlari (korporatsiyalar direktorlar kengashi) da
foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mazkur
darajali tizim turli siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlarni dasturga kiritishga oid qarorlarni
asoslash uchun yirik kompleksli dasturlarni rejalashtirishda katta
yordam beradi. U jamoa bo‘lib foydalanish tizimi sanalib, ma’lumotlar
bazasi turli bilim sohasidagi qo‘plab ekspert-mutaxassislar tomonidan
tashkil qilinadi.
Ikkinchi darajali QQQT yakka
tartibda foydalanish tizimi
hisoblanadi
va
bunda
ma’lumotlar
bazasini
bevosita
foydalanuvchilarning o‘zi yaratadi. Ular o‘rta rangdagi davlat
xizmatchilari, shuningdek, kichik va o‘rta
firmalar rahbarlari
tomonidan boshqaruvning tezkor vazifalarini hal etish uchun
mo‘ljallangan.
Uchinchi darajali QQQT ham foydalanuvchining tajribasiga
moslashtiriladigan, yakka tartibda foydalanish tizimi sanaladi. Ular tez-
tez uchrab turadigan tizimli tahlil va boshqaruvning ama-liy vazifalari
(masalan, kreditlash sub’ektini tanlash,
ish ijro-chisini tanlash,
mansabga tayinlash)ni hal etish uchun mo‘ljallangan. Bunday tizimlar
ilgari biror masalani hal etishda amalda qo‘llanilgan qaror natijalaridan
kelib chiqqan holda, xuddi shunga o‘xshash yangi vazifani hal qilish
imkonini beradi. Bundan tashqari mazkur darajadagi tizimdan o‘z
tajribasi asosida haridorga tovar tanlash imkonini beruvchi «intellektual
reklama» vositasi sifatida uzoq vaqt foydalanish mumkin bo‘lgan
qimmatbaho tovarlar bilan savdo qiluvchi
savdo korxonalarida
foydalanish mumkin.