100
B2C
iste’molchi uchun biznes, bugungi kunda elektron
tijoratning eng mashhur shakli. Bunday holda, faoliyat oxirgi
iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga qaratilgan.
B2C sotuv – bu tijorat korxonaning chakana savdo biznesining
faoliyatini tasvirlash uchun ishlatiladigan atama. Bunday kompaniyalar
boshqa kompaniyalar uchun emas, balki ommaviy xaridor uchun
mo‘ljallangan maxsus texnologiyalardan foydalanadilar.
B2C modeli amalga oshirish imkoniyatlari
1. Veb-vitrinalar
nisbatan arzon va mahsulotlar katalogini
taqdim etadigan
saytlar. Veb-vitrinalar funktsiyalariga mollarga buyurtma berish
va to‘lov varaqani taqdim etish. Biroq buyurtmalarni qayta ishlash bir
kishi savdo bo‘yicha menejer tomonidan amalga oshiriladi. Uning
vazifalariga omborxona bilan aloqada bo‘lish, mahsulot yеtkazib
berish, sotib olish to‘lovi, bozor tadqiqot, reklama va marketing
faoliyatini oli borish, tahliliy ishlarni tashkil etish kiradi. Shunday qilib,
sotuv jarayonini ichki biznes-jarayonlari bilan birlashtirish menejer
tomonidan eskicha yo‘l bilan amalga oshiriladi.
2. Internet-do‘kon yordamida savdo-sotiqni olib boradigan
tashkilot butun jarayonini nazorat olib bora oladi va operatsion
xarajatlarini kamaytiroladi. Internet do‘konni bilan taqqoslaganda
odatiy do‘konni yaratish qimmatroq, ammo to‘g‘ri tashkil qilingan
holda, bu xarajatlar tezroq qoplanadi. Mijozlar talablari ilovalar server
bilan qayta ishlanadi, keyin ma’lumotlar bazasi va electron to‘lov tizimi
bilan bog‘lanadi. Texnik jihatdan, Internet-do‘kon
bu veb-vitrina va
elektron savdo tizimining (front-office va back-office) majmuasi.
Ushbu tizim kiruvchi buyurtmalarni avtomatik ravishda qayta ishlashni
amalga oshiradi (omborga zahira qilish, to‘lovlarni to‘lash va yetkazib
berishni nazorat qilish va boshqalar).
Veb-vitrinaga qaraganda Internet – do‘konda menejer faqat tizim
ishini nazorat qiladi. Internet do‘kon avtomatik rejimida ishlash
mumkin.
3. Internet Savdo tizimi (IST), internet do‘konga qaraganda tijorat
siklning yuqori darajadagi avtomatlashtirish bilan tavsiflanadi.