• Teleanjuman va videotasvirli tizim.
  • Elektron aloqaning ishlash tamoyili




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/155
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #232505
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

    Elektron aloqaning ishlash tamoyili
    quyidagiga asoslanadi. Foydalanuvchi 
    terminal orqali tegishli iqtisodiy ob’ektlarga, ularning manzilgohlarini ko’rsatgan 
    holda ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Bu xabarlar kompyuter orqali qabul qilinadi, 
    tartiblashtiriladi va elektron qutilarga jo’natiladi. Iqtisodiy ob’ektlar kelib tushgan 
    xabarlarning ro’yxatini doimo nazorat qilib turadi va tegishli ma’lumotlarni 
    tayyorlaydi. 
    Elektron aloqa yordamida katta hajmdagi axborot to’plamlarini, turli 
    ma’lumotlarni tayyorlash mumkin. Bundan barcha axborotlar kompyuter xotirasida 
    saqlanadi va kerakli nusxada tegishli ma’lumotlar bosmaga chiqariladi. 8.1-rasmda 
    elektron aloqa tizimining tuzilishi ko’rsatilgan. Elektron aloqa tizimi o’zining 
    funktsiyalarini amalga oshirish uchun kompyuter, magnitli barkash xotira, masofaga 
    uzatish apparati, tasvirlarni ifodalash va bosmaga chiqarish vositalari bilan 
    ta’minlangan bo’lishi kerak. 
    Elektron aloqa tizimining asosiy 
    afzalliklari
    quyidagilardan iborat: 
    - axborot uzatuvchi va qabul qiluvchi xodimlarning ish vaqtini optimal tashkil 
    qilish; 
    - uzoq masofalarga axborotni uzatish; 
    - turli ko’rinishdagi ma’lumotlarni uzatish; 
    - elektron aloqa qutisidagi xabarlarni istagan vaqtda olish va boshqalar. 


    211 
    15.1-rasm. Elektron aloqa tizimining tuzilishi 
    Elektron aloqa tizimi yordamida AQSH da 2000 yilda 30 mln. xabar 
    jo’natilgan. Mutahassislarning hisob-kitobiga qaraganda, xabarlarning uzatish uchun 
    15 mlrd. dollor sarf qilinmoqda Hozirgi kunda E-COM (Electro Computer Originated 
    Mail) tizimi yordamida elektron xabarlar jo’natilmoqda. Uning asosini CBMS 
    (Computer Based Massase System) tizimi tashkil etadi. Ma’lumotlarni uzatishda 
    Tymnet, Telenet, Uninet tarmog’idan foydalaniladi. 
    Teleanjuman va videotasvirli tizim.
    Inson faoliyatining turli sohalarida axborot 
    almashish zaruriyati, yangi ma’lumotlarni olish ehtiyoji muloqat, ya’ni anjuman, 
    seminar, maslahatlashish kabi usullarni keltirib chiqaradi. Har bir masala turli darajada 
    muhokama qilinadi va tegishli qaror ishlab chiqiladi. 
    Turli masofadagi shaxslar o’rtasidagi ma’lumotni almashish jarayonini kelib 
    chiqishida telefonning ahamiyati juda katta bo’ldi. Hozirgi kunda bu vositalar 
    birgalikda teleanjuman usulini yaratishga asos soldi. Teleanjuman asosida bir necha 
    shaxslar o’zaro muloqatda bo’ladi va turli ko’rinishdagi axborotlarni uzatish 
    mumkin. 
    Ma’lumki, maslahat jarayonini tashkil etish bir muncha harajatlarni sarf 
    qilishni talab qiladi. Masalan, G’arbiy Evropada 1990 yilda 100 mingta, 2000 yilda 
    esa 130 mingta anjumanlar o’tkazildi. AQSHda shu yillar ichida 55 mlrd. dollar sarf 
    qilindi. 
    Har bir rahbar ish vaqtining 6 foizini telefon orqali suhbatlashish, 10-20 foizini 
    turli hujjatlarni o’qish va yozish, 70 foizini turli uchrashuvlarda ishtirok etish uchun 
    sarflaydi. Ish vaqtidan samarali foydalanish, ularni ish joylaridan qo’zg’atmaslik 
    maqsadida muloqat jarayoniga zamonaviy texnik vositalarni tatbiq qilishga kirishildi. 
    Teleanjuman usulining asosiy 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish