210
imkoniyatlari, ko’paytirish imkoniyati, tezkor tarzda o’zgarishlar va qo’shimchalar
kiritish
imkoniyatlari,
elektron
pochtadan
axborot
jo’natish
qulayliklari,
avtomatlashgan o’qitish tizimi bo’lib, o’z ichiga o’qish dasturi bo’yicha didaktik,
uslubiy va axborot-ma’lumotlar materiallarini hamda dasturiy ta’minotni
oladi va
ularni mustaqil bilim olishi va nazorat qilishida kompleks foydalanish imkonini
beradi.
Masofadan o’qitish ta’limi jarayonida an’aviy o’qitish vositalari bilan birga
zamonaviy axborot texnologiyalari va axborot-telekomunikatsiya
vositalariga
asoslangan hamda ta’lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutuqlaridan
foydalaniladi.
Elektron aloqa
- axborotlarni qayta ishlash va uzatishda elektron usullardan
foydalanishdir. Bu usul
orqali bosma materiallarni, chizmalarni, turli hujjatlarni,
jadvallarni va boshqa ma’lumotlarni uzatish mumkin.
Elektron aloqa «qog’ozsiz» aloqa munosabatlarini
tashkil qiladi va
hujjatlashtirilgan xabarlarni telefon va ma’lumot uzatish tarmoqlari orqali yig’ish,
qayta ishlash va uzatish tizimini ifodalaydi. Telegraf bo’limi, masofali aloqa va teleks
tizimi birgalikda elektron aloqaning elementlari hisoblanadi. Jumladan, teleks tizimi
100 ortiq mamlakatlarda mavjud bo’lib, 800 mingta abonentga xizmat ko’rsatadi.
Mikroprotsessorlarni joriy qilinishi elektron aloqa usuliga yangi o’zgartirish kiritdi.
SHu
sababli ham, elektron aloqa-ob’ektlar o’rtasidagi aloqa munosabatlarini
axborotlashtirish va elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda amalga
oshiruvchi tizim hisoblanadi.