13
Akademik V.Q. Qobulov ta’kidlaganlaridek, «Iqtisodiy kibernetika, ijtimoiy
ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, axborot va
materiallarni tubdan o’zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko’radi».
Axborot tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga
tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg’or
texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo’yicha eng ko’p axborotga ega
bo’lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini
sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri
deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u
yoki bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib, ish bilan band bo’lganlarning 40-60 %
ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy
daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. SHuning 90 % i AQSH, YAponiya va
G’arbiy Evropa hissasiga to’g’ri keladi.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati
rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga
etkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal
sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini
yaratishda o’z aksini topgan.