- O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning  xuquqiy bazasini o’rganish




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/155
Sana19.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#243546
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

 
-
O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning 
xuquqiy bazasini o’rganish;
 
-
jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish; 
-
fuqorolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’llaroq 
qondirish va h.k. 
O’quv kursining predmeti bo’lib, axborot texnologiyalarini joriy qilish usullari, 
texnik va dasturiy vositalarning nazariy asoslari va ularni tegishli sohalarda tadbiq 
qilish usullari hisoblanadi. 
 
 
 
 


17 
1.3 O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini 
shakllantirishning xuquqiy bazasi 
O’zbekiston Respublikasi mustaqqillikka erishgan dastlabki yillardanoq, 
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e’tibor berila boshlandi va bu 
soha bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda.
2003 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to’g’risida»gi 
Qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib, axborotlashtirishning iqtisodiy, 
huquqiy va tashkiliy asoslari aniqlandi va axborotlashtirish sohasida davlat 
siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. 
1995 yil fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«UzPAK» ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini yartish (MUMT) va xalqaro 
tarmoqlarga, shu jumladan, Internetga chiqish to’g’risidagi qarori qabul qilindi. 
Ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmatlarini ko’reatish bo’yicha 
«Milliy operator va provayder» maqomini oldi va xo’jalik hisobidagi «UzNET» 
axborot-kompyuter xizmati uning tarkibiga kiritildi. 
Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq, vazirliklar, idoralar, muassasa va 
tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator xalqaro tashkilotlarning axborot 
tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’iga birlashtirish yo’li 
bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda. 
1991-2003 yillarda 300 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar chiqarildi. 
Ulardan 15 dan ortig’i to’liq axborotlashtirish amaliyotiga tegishlidir, qolganlari esa 
muayyan muammolar bo’yicha alohida me’yorlarni o’z ichiga oladi [13]. 
Tavsiya 
xarakteridagi 
qonunchilik 
hujjati 
«Ishtirokchi-davlatlarda 
axborotlashtirish munosabatlarini tartibga solish tamoyillari to’g’risida», «Davlat 
sirlari to’g’risida», «Arxiv fondlari va arxivlar to’g’risida», «Kompyuter uchun 
dasturlar va ma’lumotlar bazasini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunlar 
qabul qilindi va qilinish arafasida. Quyidagi bazaviy qonunlarni rivojlantirishda 
maxsus qonunlar bloki ishlab chiqildi, bular: «Iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik 
faoliyatini axborot bilan ta’minlash to’g’risida», «Xalqaro axborot almashinuvida 
ishtirok etish va axborot mahsulotlarini eksport qilishini nazorat qilish to’g’risida», 
«Fuqarolarning axborotga kirish huquqi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish 
to’g’risida», «Ilmiy-texnikaviy axborot to’g’risida», «Ma’muriy huquqbuzarliklar 
to’g’risidagi O’zbekiston Respublika kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar 
kiritish to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasi jinoyat va fuqarolik kodeksida 
axborot bilan ishlashdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash 
to’g’risida». 
Hattoki qonunchilik hujjatlarining saralangan ro’yxati ham axborotlashtirishni 
huquqiy ta’minlash muammosining murakkabligi va ko’p tarmoqliligi to’g’risida 
tasavvur bera olmaydi. 
Axborotlashtirish faoliyati sohasida qonunchilik yaratish yo’lidagi muhim 
qadam sifatida - 1995 yil 25 yanvarda qabul qilingan «Axborot, axborotlashtirish va 
axborotni himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul 
qilinishini va kuchga kiritilishini ko’rsatish lozim. Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga soldi: 


18 
- axborot resurslarini yaratish, yig’ish, qayta ishlash, to’plash asosida 
shakllantirish va undan foydalanish va iste’molchilarga taqdim etish; 
- axborot texnologiyalarini va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va undan 
foydalanish; 
- axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashuvida ishtirok etuvchi 
sub’ektlar, xuquqlarini himoya qilish. 
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo’nalishi 
quyidagilardan iborat:
1.
Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari.
2.
Elektron ma’lumotlar bazasi. 
3.
Fan-texnika axborot (FTA) tarmog’i. 
4.
Ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muxofaza va
sog’liqni saqlash sohalari axborot tizimlari. 
5.
Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari. 
6.
Favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot
tizimlarini yaratish.
Mazkur dasturda Vazirlik va Mahkamalarning axborot tarmoqlari, Milliy
axborotni hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi
vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me’yoriy-uslubiy
va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. YUqoridagi ko’rsatilgan
vazifalarni bajarish bir necha bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan. 
Respublikamizda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda kompyuterlashtirish 
va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlashni 
rivojlantirish va takomillashtirishning aniq vazifalari oldinga qo’yilgan va maqsadli 
yo’nalishlari ifodalab berilgan. Jumladan, Toshkent eletrotexnika aloqa instituti 
Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. Ushbu universitetda 
yangi mutahassisliklarning keng doirasi bo’yicha kadrlar tayyorlash tizimini ancha 
kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, o’quv yurtlarining moddiy-texnik 
va ilmiy-tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirish nazarda tutilgan. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mavjud qonunchilik 
tizimi umuman olganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish
darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Respublikamizdagi ko’pgina
firmalar telekommunikatsiya axborot texnologiyalari bozorlariga dadil kirib 
bormoqdalar. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha jahon hamjamiyatiga kirish 
faolligini oshirish maqsadida qomusimizga, fuqarolik kodeksiga, jinoiy protsescual 
kodekslarga o’zgartirishlar kiritildi. 
Hukumatimiz tomonidan so’nggi yillarda axborotlashtirishga oid quyidagi 
qonunlar ishlab chiqildi: 
1.
Telekommunikatsiyalar to’g’risida.
2.
Axborotlashtirish to’g’risida.
3.
Aloqalar to’g’risida.


19 
4.
Radiochastotalar spektori to’g’risida.
5.
Pochta aloqasi to’g’risida.
6.
Elektron hujjat aylanish to’g’risida.
7.
Elektron to’lovlar to’g’risida.
8.
Elektron raqamli imzo to’g’risida.
9.
Elektrok tijorat to’g’risida.
10.
Kompyuter jinoyatchiligi to’g’risida.
11.
Elektron hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazasi 
dasturlarini huquqiy himoyasi.
12.
Topologiya va integral sxemalarni huquqiy himoyasi.
13.
Axborotga kirishni kafolatlash va erkinliklari to’g’risida.
14.
Standartlashtirish to’g’risida.
15.
Kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida.
16.
Alohida olingan faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida.
17.
Mualliflik huquqi to’g’risida.
18.
Ilmiy-texnik axborot tizimi to’g’risida.
19.
SHaxsiy ma’lumotlarni himoyalash to’g’risida.
20.
Axborot xavfsizligi to’g’risida. 
Yaqindagina O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi tomonidan 
qabul qilingan «Elektron raqamli imzo to’g’risida», «Elektron hujjat aylanishi 
to’g’risida» va «Elektron tijorat to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonunlarining loyihalari birinchi o’qishda qabul qilindi. Nazarimizda bu qonunlar 
Respublikamizdagi tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlanish huquqiy 
bazasini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan hisoblanadi. 
«Elektron tijorat to’g’risida»gi Qonunning 3-bandida «Tovarlarni sotish, 
ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha axborot tizimlaridan foydalangan 
holda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir» deb ko’rsatib 
berilishi fikrimizning isboti hisoblanadi. Axborotlashtirishning milliy tizimini 
shakllantirishni to’laqonli amalga oshirish uchun yuqorida keltirilgan
qonunlarning bajarilishini ta’minlash zaruriy omil hisoblanadi. 
SHaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, axborot xavfsizligi to’g’risidagi
qonunlarni axborotlashgan jamiyatda to’laqonli qo’llanishi muhim
hisoblanib, Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini axborotlashtirish tizimini
shakllantirish uchun asosiy bo’lgan qonunlardan hisoblanadi. 
Ko’rsatib 
o’tilgan 
chora-tadbirlar 
va 
kompyuterlashtirish 
jarayonini 
rivojlantirish yo’nalishlari mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining o’sishida 
telekommunikatsiyalar, Kompyuter va axborot texnologiyalarining faol roli oshishini, 
odamlarning faoliyat va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy 
turlari bilan jixozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon axborot jarayonlariga 
muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga imkoniyat yaratadi. 

Download 2,86 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning  xuquqiy bazasini o’rganish

Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish