190
Mujassamlashgan BAAT bank vazifalari aloqalarining butun murakkabligini o’zida
aks ettirilgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu mukammal
avtomatlashtirilgan
vazifalar majmuasi emas, balki murakkab tizimning xususiyalari:
ierarxik
tuzilishining murakkabligi, emerjmentlik, vazifaviy maqsadlarning ko’pligi; stoxastik
(ehtimollik) harakteriga ega jarayonlarni boshqarishni ta’minlashda ishning
o’zgaruvchanligi va ko’p vazifalikka xos bo’lgan dasturlar majmuasidir.
SHuning
uchun ham mujassamlashgan BAAT ni ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va
mazmuniga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillar:
- bankning umumiy ta’riflari, hozirgi va kelgusidagi
maqsadlari va uni
rivojlanishining strategik yo’nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining
xususiyatlari;
- tizimning arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo’lgan vazifalarining
tarkibi;
- kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning miqdori;
- axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilish talab qilinadi.
Bunday tahlil asosida bo’lg’usi tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi.