94
boshqalar) bo’ladi. SHu bilan birga muhokama qilinadigan savollar turlicha bo’lishi
mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 10000 dan ortiq telekonferentsiyalar Internetda
mavjud. Windows 95 boshqaruvi ostidagi telekonferentsiyalar bilan ishlash uchun
Internet Explorer 6.0 navigatori tarkibiy qismiga kiruvchi Internet News
qo’shimchasini ishlatish mumkin.
IRC
– Buni telekonferentsiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi.
(Internet Relay Chat). IRC–server va IRC – mijoz yordamida klaviatura orqali
jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan “virtual” muloqat olib borishadi.
Internet - telefoniya
. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet –
telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog’i
orqali telefonlashishadilar.
6.3 Internetning afzalliklari va kamchiliklari. Internet tarmog’ida ishlash
Kiber faza va virtual haqiqat keng tarqalgan tushunchalar Internet tarmog’i bilan
bog’liq. Kiber faza deb, kompyuterli kommunikatsiyalar tizimi va axborotlar
oqimining butun to’plamiga aytiladi. Virtual haqiqat deb,
kompyuterli texnologiya
yordamida ekrandagi yaratilgan real ob’ektlar va turli xil xususiyatlarga ega
jarayonlar obraziga (insonlar, musiqa uskunali narsalar, stanoklar,
adabiy asarlar va
boshqalar) bilan xuddi haqiqiy narsalar kabi ishlash mumkin .
Bizning hayotimizga asta sekin kirib kelayotgan kiberfaza va virtual haqiqat,
bizni butun insoniyatning axborot resurslariga umumlashtiradi, dunyoqarashimizni
kengaytiradi va hayot tarzimizni o’zgartiradi.
SHuni esimizdan
chiqarmasligimiz kerakki, axborotli texnologiyalar (shu
jumladan Internet xam) inson tomonidan yaratilgan axborotlarni yig’ish, saqlash,
qayta ishlash va uzatishning yangi usuli hisoblanadi xolos. Fan texnikaning boshqa
yutuqlari kabi Internet ham jamiyatning ko’pgina masalalarini hal qiladi va ish bilan
birga yangi muommolarni keltirib chiqaradi[24,25].
Ko’pgina ruhshunoslar komьyuterlarning, o’yinlar va kommunikatsiyalarning
inson
ruhiyatiga, intellektual rivojlanishiga va xulq atvorini salbiy ta’sir etishini
ta’kidlashmoqda. Tarmoqning eng muhim tomoni shundaki, u insonlarni bir biriga
yaqinlashtiruvchi, ularni o’ylashga
majbur etuvchi, sherigi oldida ma’suliyatini
ushlashga undovchi, jonli muloqotni inson hayotidan siqib chiqarmoqda. Tarmoqda
yaxshi va foydali axborotlardan tashqari insonni chalg’ituvchi bo’lmog’ur va kerak
bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’ladi.