98
”suzlar bu “shartli utish”, “ Makro buyruq ”, “ Uzilishlarni qayta ishlash ” va hokazo.
Universal qidiruv xizmati – bu quyidagi vazifalarni bajaruvchi, qudratli
dasturlar va dasturlar yig’indisidan iborat:
1.
Maxsus dastur mavjud bo’lib, u WWWni tinimsiz ko’rib chiqadi va ular
orasida so’zlarni tanlab olib, indekslarning ma’lumotlar bazasini tuzib chiqadi.
Bu bazaga hujjatlarning “ Asosiy ”so’zlari va adreslari kiritiladi. ( Eslatib
o’tishimiz kerakki, indeks – bu “ Asosiy ” so’zlar bo’yicha tartibga solingan
ko’rsatkichlar to’plami ). Web – server foydalanuvchi tomonidan qidiruv uchun
buyruq oladi, uni qayta ishlaydi va maxsus dastur – qidiruv mashinasiga uzatadi.
2.
Qidiruv mashinasi indekslarning ma’lumotlar bazasini ko’rib chiqadi va
buyruq shartlariga mos keluvchi sahifalar ro’yxatini tuzadi va Web ser - verga
qaytarib beradi.
3.
Web – server natijalarni foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan shaklga keltirib,
mijoz mashinaga uzatadi.
Mashhur va qudratli qidiruv tizimlari orasida: Alta Vista ( WWW. Alta- vista.com
), Infoseek ( WWW. inforseek.com ), Lycos (WWW.lycos.com) va boshqalarni
ko’rishimiz mumkin.
Agar siz qidiruv olib bormoqchi bo’lsangiz ma’lum qidiruv serverini adresini
kiritib (
www.google.uz
,
www.rambler.ru
,
www.altavista.ru
,
www.yandex.ru
),
qidiruv maydoniga asosiy suz matnini kiriting va Nayti buyrug’’ini ko’rsating.
Amaliy mexanika
Qidiruvda qo’yidagi kelishuvlar ishlab chiqilgan.
1.
Agar buyurtma so’zi bitta bo’lsa, u holda shu so’z bor bo’lgan sahifalar tanlab
olinadi. Agar so’z bir nechta bo’lsa, so’zlar orasida probel ko’rsatilib yoziladi. M:
Amaliy mexanika hakida axborotlarni ko’rmoqchisiz. U holda yo «amaliy» yo
«mexanika» yoki ikkala so’z bor bo’lgan sahifalar tanlab olinadi.
2.
Agar buyurtma so’zi bir necha so’zdan tashkil topgan bo’lsa, u holda so’zlar
qœshtirnoq ichida yoziladi. Bu so’zlar bir butun so’z sifatida qabul qilinib va shu
so’z birikmasi mavjud bo’lgan hujjatlar ro’yxatini ko’rsatadi. M: “Amaliy
mexanika ”.
3.
“+” belgisi. Agar so’zlar orasiga + belgisi ko’rsatilib, qidiruv berilsa, u holda
shu so’zlar mavjud bo’lgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi. Bu so’zlar hujjatning
turli burchaklarida joylashgan bo’lishi mumkin. M: Amaliy + mexanika
Ixtisoslashtirilgan xizmatlar – u yoki bu mavzu bo’yicha server adreslari
tug’risidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan mavzuli kataloglar hisoblanadi.
Universal bazalardan farqli ravishda mavzuli kataloglar mutaxassislar
tomonidan tuziladi va u foydalanuvchini ishonchli axborot bilan ta’minlaydi. Undan
tashqari, Internet saytlari shaxsiy qidiruv mexanizmiga ega. Birinchidan bu kontekst
qidiruv mexanizmi, hamda familiyalar bo’yicha ixtisoslashtirilgan qidiruv. ( SHu
jumladan: tovarlar bo’yicha, firmalar bo’yicha va hokazo ).