Virusdan himoyalanish dasturiy vositalarining tavsifi




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/155
Sana19.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#243546
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

7.4 Virusdan himoyalanish dasturiy vositalarining tavsifi 
Hozirgi vaqtda viruslarni yo’qotish uchun ko’pgina usullar ishlab chiqilgan va 
bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antivirus dasturlar deb ataladi. Antiviruslarni, 
qo’llanish usuliga ko’ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, 
vaqtsinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar. 


110 
Detektorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) 
bo’yicha tezkor xotira va fayllarni ko’rish natijasida ma’lum viruslarni topadi va 
xabar beradi. YAngi viruslarni aniqlay olmasligi detektorlarning kamchiligi 
hisoblanadi.
Privivka — fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning natijasida 
viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. 
Filьtrlar — qo’riqlovchi dasturlar ko’rinishida bo’lib, rezident holatda ishlab 
turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar 
beradi. 
Revizorlar — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo’lib, diskning birinchi 
holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o’zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib 
boradi. 
Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va 
aniqlangan viruslar haqida xabar beradi. 
Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki ularni 
davolab, dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, DrWeb 
dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. YAngi viruslarning to’xtovsiz paydo bo’lib 
turishini hisobga olib, doktor dasturlarini ham yangi versiyalari bilan almashtirib 
turish lozim. 
Filьtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo’lgan shubhali 
harakatlarni topish uchun ishlatiladi. 
Bu harakatlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 

fayllar atributlarining o’zgarishi;

disklarga doimiy manzillarda ma’lumotlarni yozish; 

diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma’lumotlarni yozib yuborish.
Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan saqlash va axborotni ishonchli 
saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 
- kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash; 
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tekshirish; 
- qimmatli axborotning nusxasini har doim arxiv fayl ko’rinishida saqlash. 
Kompyuter viruslariga qarshi kurashning quyidagi turlari mavjud: 

viruslar kompyuterga kirib buzgan fayllarni o’z holiga qaytaruvchi 
dasturlarning mavjudligi; 

kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi; 

disklarni yozishdan himoyalash;

litsenzion dasturiy ta’minotlardan foydalanish va o’g’irlangan dasturlarni 
qo’llamaslik; 

kompyuterga kiritilayotgan dasturlarda viruslarning mavjudligini tekshirish; 

antivirus dasturlaridan keng foydalanish; 

davriy ravishda komp’yuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga 
qarshi tekshirish. 


111 

Download 2,86 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Virusdan himoyalanish dasturiy vositalarining tavsifi

Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish