114
7-bob bo’yicha xulosalar
Hozirgi kunga kelib maxfiy va qimmatbaho axborotga ruxsatsiz kirishdan
himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va
foydalanuvchilarning mulkiy huquqlarini himoyalash — bu ishlab chiqarilayotgan
axborotni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi
mumkin bo’lgan turli kirishlar va o’g’irlashlardan himoyalashdir.
Axborot xavfsizligi deb ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga
yunaltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali, tasodifiy ta’sirlardan har qanday
tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Hozirgi kunda kompyuter viruslari g’arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil
dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to’g’riroq bo’ladi.
Virus
deganda avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o’z-o’zidan
qo’shilish, kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda zararli jarayonlarni
vujudga keltirish maqsadida tuzilgan dastur tushuniladi. Ushbu dasturlar o’z-o’zidan
nusxa olish xususiyatiga ega.
Hozirda axborotni himoyalashning biometrik usullari rivojlanib bormoqda.
Biometriya – bu insonning o’zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan
o’xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli
himoya vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob’ektlarda, muhim tijorat
axborotlarini himoyalashda samarali qo’llanilmoqda.