120
disklar ishini nazorat, tahlil qiluvchi va ularga xizmat ko’rsatuchi (disklarni
formatlovchi, disklarni bo’laklarga ajratuvchi, mavjud defektlarni sozlovchi
va h.k.).
Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko’ra servis vositalar qobiqli, utilitalar
va mustaqil dastur shaklida taqdim etilishi mumkin.
Qobiq dasturlar - biror bir dastur va foydalanuvchi o’rtasidagi qatlam yoki
boshqa dastur ustida ustqurma bo’lgan dastur. Qobiq dasturlar foydalanuvchiga sifat
jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. Amaliyotda quyidagi operatsion tizim
qobiqlari keng tarqalgan: Norton Commander (NC) - Symantec firmasi mahsuloti va
uning «klonlari» Volkov Commander (VC), Dos Navigator (DN), Far (File and
archive manager). Bulardan tashqari grafik interfeysli operatsion tizim qobiqlari
mavjud: Windows 3.x.
Utilitalar - foydalanuvchiga disklar va faylli tizimlar bo’yicha qo’shimcha
xizmat ko’rsatuvchi dasturlar. Utilitalar ko’pincha quyidagi vazifalarni bajaradi:
disklarga xizmat ko’rsatish;
fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish;
kompyuter zaxiralari to’g’risida axborot taqdim etish;
kompyuterlarni viruslardan ximoya qilish.
Xozirgi vaqtda eng keng tarqalgan utilitalar:
Norton Utilities - Symantec firmasi mahsuloti;
Checkit PRO Deluxe 2.0 - Touch Stone firmasi ishlab chiqqan;
PC Tools for Windows 2.0;
Norton Backup, Fast Back Plus - disklarda axborotlarni rezerv
nushalarini tayyorlovchi dasturlar;
virusga qarshi (antivirus) dasturlari - Norton Antivirus for Win95 –
EHM dagi axborotni viruslardan (axborot mikroblari) zararlanishiga
qarshi
va
zararlanish
oqibatlarini
tugatishga
mo’ljallangan
(Kasperskiyning Antiviral Toolkit pro (AVP));
kommunikatsion (ulovchi) utilitalar - EHM o’rtasidagi axborot
ayirboshlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan;
kompyuterni tashxis (diagnostika) qiluvchi dasturlar - o’z nomidan
ko’rinib turganidek, bu utilitalar EHM ning hamma qurilmalarining
normal ish faoliyatlarini nazorat qilish, xotira miqdori, uning
ishlatilish, disklarning turlari kabi ishlarni tekshirishni amalga
oshiradi.