138
GREATE - bu komanda EHMning operativ xotirasida
ishchi fayllarni yaratish
uchun mo’ljallangan. Agar yangi ishchi fayl yaratayotgan bo’lsangiz, xotirada
avvalgi ishchi fayl mavjud bo’lsa (avval yaratilgan yoki diskdan yuklatilgan bo’lsa),
bunda sistema o’sha mavjud faylni xotiradan yo’q qilishni ma’qullashingizni
so’raydi.
Abandon current work file? (Y/N)
Agar «Y» deb javob bersangiz, mavjud avvalgi
ishchi faylda qilgan
o’zgartirishlaringiz va natijalaringiz SAVE komandasi bilan saqlab qo’yilmagan
bo’lsa, xotiradan o’chirilib ketadi. «N» deb javob bersangiz, yangi ishchi fayl
yaratishdan voz kechasiz va avval mavjud bo’lgan ishchi
fayl bilan ishlashni davom
ettirasiz.
GREATE komandasi berilgandan keyin quyidagi ko’rinishdagi davriylik menyusi
paydo bo’ladi: