139
Bu komanda berilgandan keyin ekranda Filt name? Savoliga ishchi faylning
nomini berish kerak. Agar xuddi shu nom bilan ataluvchi fayl diskda mavjud bo’lsa,
ekranda quyidagi savol paydo bo’ladi:
File already exists. Overwrite? (Y/N)
Agar «Y»
deb javob berilsa, fayl qayta yoziladi (eskisi esa yo’q qilinadi).
«N»degan javobda esa fayl saqlanmaydi. Masalan: mavjud hozirgi ishchi faylni
diskka UZ nomi bilan saqlash uchun quyidagi komanda beriladi:
> SAVE UZ
EXPAND (KENGAYTIRISH) - Ishchi faylning
chegaralarini kengaytirish
komandasi.
Bu komanda maksimal intervalni (RANGE) kengaytirish (bu komanda bilan
vaqtli qator chegaralarini toraytirish mumkin emas) uchun ishlatiladi. Bu komandada
vujudga keladigan savollar va javoblar CREATE komandasiga o’xshaydi. Masalan:
ishchi faylda yangi 2005.1 va 2009.4 chegaralarini yaratish uchun quyidagi komanda
beriladi:
> EXPAND 2005.1 2009.4
SORT - tartiblash komandasi.
Bu komanda vaqtli qatordagi kuzatishlarni
ketma-ket turishini, ularning
qiymatiga qarab o’zgartirish uchun ishlatiladi. Ishchi fayldagi
vaqtli qatorlarning
(kuzatishlarning tartibiga qarab) barchasi vaqtli qatorlar qiymatlarining tartibiga
qarab tartiblanadi.