|
Axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarishni tashkillashtirish
|
bet | 1/3 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 79,91 Kb. | | #271384 |
Bog'liq 10-mavzu
Axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarishni tashkillashtirish
Ko’pgina masalalarni yechish asosida informasiya yoki axborotlarni qayta ishlash yotadi. Informasiyani qayta ishlashni yengillashtirish maksadida axborot tizimlar yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlar (AT) deb, shunday tizimlarga aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng ma’noda informasiyani qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chikarish sohasida, talim sohasida, sog’liqni saqlash sohasida, xarbiy soqada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin.
axborot texnologiyasi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Ixtiyoriy AT izda uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko’rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma’lumotni kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma’lumotni QQ uchun iste’molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani ta’minlash, ya’ni natijani tahlil qilib dastlabki ma’lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish.
Axborot tizimida jarayonlar
Har qanday AT strukturasi, qo’llanish sohasidan qatiy nazar, bir necha ta’minlovchi qismlardan iborat bo’ladi. Ta’minlovchi qismlar 6 xil bo’ladi: texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy ta’minotlar.
Axborot tizimi va uni ta’minlovchi qism tizimlari.
Texnik ta’minot-bu AT ishlab turishi uchun zarur bo’lgan texnik vositalar undan tashqari bu vositalar va texnologik jarayonlar uchun zarur bo’lgan hujjatlardan iborat. Texnik vositalarga: turli modeldagi kompyuterlar; axborotni yig’ish, to’plash, qayta ishlash, uzatish va chiqarish vositalari; ma’lumotlarni uzatish va aloqa vositalari; orgtexnika va axborotni avtomatik o’qish vositalari; turli xil xom ashyo va materiallar kiradi.
|
| |