• Dasturiy ta’minot
  • Tashkiliy ta’minot
  • Huquqiy ta’minot
  • Ma’lumotlar bazasi
  • Axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarishni tashkillashtirish




    Download 79,91 Kb.
    bet2/3
    Sana17.09.2024
    Hajmi79,91 Kb.
    #271384
    1   2   3
    Bog'liq
    10-mavzu

    Matematik ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo’lgan matematik usullar, modellardan iborat. Matematik ta’minotga quyidagilar kiradi:

    • Boshqruv jarayonlarini modellashtirish vositalari,

    • Tipik masalalarni tayyor yechish usul va vositalari (jumladan, matematik analiz, algebra, hisoblash usullari, differensial va integral tenglamalarga oid tayyor algoritm va usullar),

    • Matematik dasturlash, matematik statistika, ommaviy xizmat ko’rsatish va h.k.larning usullari.

    Dasturiy ta’minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo’lgan algoritmlar, dasturlardan iborat.
    Axborot ta’minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo’lgan axborotni yagona (unikal) klassifikasiyalash va kodlash usullari, unikal (yagona, normativ) hujjatlar majmui, hujjatlar oqimining harakat marshrurtlar sxemasi, MB tuzish texnologiyasidan ibortdir.
    Tashkiliy ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo’lgan xodimlarning o’zaro va texnik vositalar bilan munosabatlarini aniqlovchi usullar va vositalardan iborat. Tashkiliy ta’minot quyidagilardan iborat:

    • AT o’rnatiladigan korxonaning mavjud boshqaruv tizimining tahlili, avtomatlashtirilishi zarur bo’lgan masalalarni aniqlash,

    • Masalalarni kompyuterda yechishga tayyorlash. Bunga AT ni texnik loyihasini tuzish uchun topshiriq va ATni foydaliligini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash ham kiradi.

    • Tashkilotning tarkibi va strukturasi haqida boshqaruv qarorini ishlab chiqish, tashkilot boshqaruv tizimini foydaliligini oshirishga qaratilgan masalalarni yechish metodologiyasini ishlab chiqish.

    Huquqiy ta’minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo’lgan huquqiy normalar bo’lib, AT ni yaratish, faoliyat ko’rsatish, axborotni olish, ishlov berish va foydalanish qoidalarini aniqlab beradi.
    AT lar bir necha belgilar bo’yicha klassifikasiyalanishi mumkin:

    1. yechiladigan masalalarning strukturalanishi (formalizasiya qilinish darajasi) bo’yicha: strukturalanadigan (formalizasiya qilinadigan), strukturalanmaydigan (formalizasiya qilinmaydigan), qisman strukturalanadigan (qisman formalizasiya qilinadigan);

    2. funksional belgi va boshqaruv darajalari bo’yicha: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar axborot tizimlari, strategik, funksional, operativ axborot tizimlari;

    3. avtomatizasiya qilinish darajalari bo’yicha: dastaki, avtomatlashgan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari;

    4. foydalaniladigan axborotni xarakteri bo’yicha: axborot-qidiruv va axborot-yechuvchi axborot tizimlari;

    5. Qo’llanish sohalari bo’yicha: tashkiliy-boshqarish, texnologik jarayonlarni boshqarish, loyihalashni avtomatlashtiruvchi, integrallangan (korporativ), ta’lim, ilmiy ishlarni avtomatlashtiruvchi, geografik ...axborot tizimlari.

    AT larda yechilishi mumkin bo’lgan masalalarni 3 turga bo’lish qabul qilingan: strukturalanadigan (formallashtiriladigan) masalalar, strukturalanmaydigan (formallashtirilmaydigan) masalalar va qisman strukturalanadigan (qisman formallashtiriladigan) masalalar.
    Strukturalanadigan (formallashtiriladigan) masalalar-masalaning barcha elementlari orasida matematik bog’lanishlar aniq.
    Strukturalanmaydigan (formallashtirilmaydigan) masalalar- masalaning barcha elementlari orasida matematik bog’lanishlar aniqmas.
    Qisman strukturalanadigan (qisman formallashtiriladigan) masalalar- masalaning ayrim elementlari orasida matematik bog’lanishlar mavjud xolos.
    Strukturalanadigan masalalarda masala matematik modellar orqali bayon etiladi va yechimi uchun aniq algoritm va dastur ishlab chiqish mumkin. Bunday AT izlarda ishlash to’la avtomatlashlashgan bo’ladi va xodimning ishtiroki juda past.
    Strukturalanmaydigan masalalarda masala uchun matematik modellar tuzish mumkin bo’lmaganligidan, algoritmlar ishlab chiqish juda qiyin. Bu masalalarda AT izlar ishlatish imkoniyatlar uncha ko’p emas. Bunday hollarda QQQ inson tomonidan evristik tasavvurlar asosida, tajribaga tayanib amalga oshiriladi. Masalan, guruh talabalari orasidagi munosabatlarni matematik nuqtai nazardan bayon etish mumkin emas.
    Qisman strukturalanadigan masalalarda masalani yechish uchun AT izlar yaratsa bo’ladi. Ularda yaratiladigan axborot xodimlar tomonidan tahlil qilinadi va QQQ. Bunday AT izlar avtomatlashtirilgan deb aytiladi.
    Qisman strukturalanadigan masalalarda masalani yechish uchun AT izlarni klassifikasiyalash quyidagi grafikda ko’rsatilgan.

    ATlarni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi. Ma’lumotlar bazasi deganda, ma’lumotlarni shunday o’zaro bog’langan to’plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to’ldirilishi, o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.
    \Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zibir obyektlarni o’rganishgina qiziqish o’yg’otadi. Bunday obyektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.

    Download 79,91 Kb.
    1   2   3




    Download 79,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarishni tashkillashtirish

    Download 79,91 Kb.