TIZIMLI TAHLIL. AMALGA OSHIRISH TIZIMLARI




Download 2.58 Mb.
bet14/46
Sana31.01.2023
Hajmi2.58 Mb.
#40332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
AAAAAAAAAAAAAAAAaa
4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
TIZIMLI TAHLIL. AMALGA OSHIRISH TIZIMLARI.

Bugungi kunda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda davlat va xalqaro miqyosdagi masalalarni yechishga ketadigan muddatlar va resurslar cheklangan holda hozirda mavjud va vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning tizimliligi, koʻlamining oʻsib borishi, murakkab tizimlarni boshqarish muammosini samarali yechish vazifalari bir tomondan, bunday vazifalarni bajara oladigan malakali mutaxassislarni (analitiklarni) tayyorlash, ikkinchi tomondan tahlilni oʻrganishning zarurligini taqozo etmoqda, uchinchi tomondan tizimli tahlil, tizimli yondashuv boʻyicha raqobotbardosh oʻquv qoʻllanmalarni, darsliklarni yaratishni dolbzarb vazifaga aylantirdi. Islohotlarning, eng muhim siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma‘naviy masalalarni oʻziga qamrab olgan yirik hajmdagi analitik (tahliliy) materiallar va ma‘lumotlarni qisqa vaqt mobaynida yaratib, umumlashtirib, chuqur strategik tahlil darajasiga yetkazish, hamda ta‘sirchan shaklda tinglovchilarga, talabalarga yetkazish, tabiiyki, juda katta gʻayrat-shijoat, bilim va tajriba, keng miqyosdagi tafakkur va intellektual salohiyatni talab etadi. Oʻtgan asrning oxirlaridan boshlab jamiyat taraqqiyoti bir tomondan juda koʻp yangi faktlar, turli sohalarga oid ma‘lumotlarning ochilishi va toʻplanishiga olib keldi, boshqa tomondan insoniyat oldiga ulardan foydalanishni tartibga solish, tizimlashtirish vazifasini qoʻydi. Buning natijasida, tizimli tahlil muammoni hal qilish metodologiyasi sifatida barcha zaruriy uslublarni, bilimlarni va muammolarni yechish uchun lozim boʻlgan harakatlarni umumlashtiruvchi asos, ustun vazifasini bajaruvchi fan sifatida shakllandi. Shu maqsadda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi mutaxassislarining ushbu fan asoslarini o‘zlashtirishlari ularning oʻz faoliyatida qarorlar qabul qilishlariga katta yordam beradi.


Bu borada tizimli tahlilning maqsadi mutaxassislarga, tinglovchilarga, talabalarga amaliy tizimli tahliliy (analitik) tadqiqotlar olib borish va uning natijalari asosida analitik hujjatlar tayyorlashga metodologik va metodik koʻnikma shakllantirish, bu sohadagi zamonaviy tendensiyalar va ilgʻor tajriba bilan tanishtirishdir. Zero ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy vaziyatni tahlil qila olish qobiliyati kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatning asosiy garovi hisoblanadi. Tahliliy tafakkur esa insonga turli vaziyatlarni keng va har tomonlama tahlil qilish hamda ularning aniq umumiy obrazini shakllantirish orqali atrofmuhitni tahliliy nuqtai nazardan oʻrganish, qaror qabul qilishga, shu bilan bir qatorda axborotning har xil elementlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni toʻgʻri aniqlashga imkon beradi.
Tizimli tahlil asoslarining tugʻilish davri koʻpincha fizik yoki falsafiy (gnoseologik) kelib chiqishga ega tizimlarni koʻrib chiqish bilan xarakterlanadi. ―Tizim‖ (organizm, tuzilish, ittifoq, butunlik, qismlardan tuzilgan) soʻzi 2000 yillar ilgari Qadimiy Gretsiyada paydo boʻlgan.

Download 2.58 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Download 2.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TIZIMLI TAHLIL. AMALGA OSHIRISH TIZIMLARI

Download 2.58 Mb.