• Aralash(holat,k e ), Qo’sh(holat,holatn), SurHolat(holat)), SurKalit(k e )
  • NY bloki hisoblanadi. Shunday qilib, xeshlash bosqichlarining umumiy soni  (b+2)10




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/191
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #101187
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi222

    NY bloki hisoblanadi. Shunday qilib, xeshlash bosqichlarining umumiy soni 
    (b+2)10 ga teng bo‘ladi. 
    Xeshlash protsedurasining har bir bosqichi (raundi) dastlabki Qo’sh (holat, 
    holatn), BaytZichlash (holat, holatn) o‘zgartirishlar juftligi bilan birga bloklarga 
    nisbatan 
    siklik 
    tartibda 
    amalga 
    oshiriluvchi 
    Aralash(holat,k
    e
    ), 
    Qo’sh(holat,holatn), SurHolat(holat)), SurKalit(k
    e
    ), 
    TuzilmaKalit(k
    e

    k) 
    o‘zgartirishlardan iborat. 
    2-algoritm GOST R 34.11-94 kabi amalga oshiriladi[10]. 
     
    Nazorat savollari: 
    1. 
    Xeshlash funksiyasining ishlash sxemasini tushuntirib bering. 
    2. 
    SHA-1 xeshlash funksiyasi algoritmini tushuntirib bering. 
    3. 
    GOST R 34.11 Rossiyaning xeshlash funksiyasi algoritmi ishlash 
    sxemasini tavsiflab bering. 
    4. 
    “O‘z DSt 1106:2009” O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti o‘z 
    ichiga oladigan xeshlash funksiyasining ikkita algoritmini yoritib bering. 
     
    5.5. Elektron raqamli imzo 
     
    Elektron xujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash 


    127 
    xarajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi.Ammo, elektron xujjat muallifini va 
    xujjatning o‘zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning xaqiqiyligini va olingan 
    elektron xujjatda o‘zgarishlarning yo‘qligini aniqlash muammosi paydo bo‘ladi. 
    Elektron xujjatlarni auentifikasiyalashdan maqsad ularni mumkin bo‘lgan 
    jinoyatkorona xarakatlardan himoyalashdir. Bunday xarakatlarga quyidagilar 
    kiradi: 
    - faol ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg‘unchi xujjatlarni (fayllarni) 
    ushlab qoladi va o‘zgartiradi.
    - maskaradabonent S xujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan 
    yuboradi; 
    - renegatlik – abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo‘lsada, 
    yubormaganman deydi; 
    almashtirish – abonent V xujjatni o‘zgartiradi, yoki yangisini shakllantiradi 
    va uni abonent A dan olganman deydi;
    - takrorlash – abonent A abonent V ga yuborgan xujjatni abonent S 
    takrorlaydi.
    Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o‘z faoliyatida kompyuter axborot 
    texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat strukturalariga, davlat korxona va 
    tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar yetkazishi mumkin. 
    Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar 
    muallifining xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon 
    beradi.
    Elektron raqamli imzo telekommunikasiya kanallari orqali uzatiluvchi 
    matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo‘yicha 
    oddiy qo‘lyozma imzoga o‘xshash bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega: 
    - imzo chekilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi; 
    - bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog‘liq majburiyatlaridan tonish 
    imkoniyatini bermaydi; 
    - imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi. 
    Elektron raqamli imzo-imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi 


    128 
    qo‘shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo‘lmagan sonidir. 
    Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda 
    xabar tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. 
    Bu elementlarning xatto birining o‘zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini 
    tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik 
    algoritmlari va xesh–funksiyalari yordamida amalga oshiriladi. 
    Elektron raqamli imzo tizimining qo‘llanishida bir- biriga imzo chekilgan 
    elektron xujjatlarni jo‘natuvchi abonent tarmog‘ining mavjudligi faraz qilinadi. 
    Har bir abonent uchun juft – mahfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Mahfiy kalit 
    abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda 
    foydalanadi. 
    Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib, undan imzo 
    chekilgan elektron xujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda 
    foydalanadi. 
    Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi: 
    - raqamli imzoni shakllantirish muolajasi; 
    - raqamli imzoni tekshirish muolajasi. 
    Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo‘natuvchisining maxfiy kaliti 
    ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo‘natuvchining ochiq kalitidan 
    foydalaniladi. 

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NY bloki hisoblanadi. Shunday qilib, xeshlash bosqichlarining umumiy soni  (b+2)10

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish