• Boshqarishni virus dastur – eltuvchisiga o‘tkazish.
  • Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillari.
  • Destruktiv funksiyalarni bajarish




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/191
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #101187
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   191
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi222

    Destruktiv funksiyalarni bajarish. Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha 
    beziyon, xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar farqlanadi. 
    Beziyon viruslar - o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi 
    viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi 
    xolos. 
    Xavfsiz viruslar – tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan 
    bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon 
    yetkazmaydi. 
    Xavfli viruslar – kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bo‘luvchi 
    viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin. 
    Juda xavfli viruslar – dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda kompyuter 
    ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari 
    oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar. 
    Boshqarishni virus dastur – eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki, 
    viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi. 
    Buzuvchi viruslar dasturlar zaharlanganida ularning ishga layoqatligini 
    saqlash xususida qayg‘urmaydilar, shu sababli ularga ushbu bosqichning ma’nosi 
    yo‘q. 
    Buzmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt 
    ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus dastur-
    eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq. 
    Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillari. Viruslardan tashqari zarar 
    keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud: 
    - troyan dasturlari; 


    191 
    - mantiqiy bombalar; 
    - masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker utilitalari; 
    - Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish parollarini 
    o‘g‘rilovchi dasturlar. 
    Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar bo‘lishi, 
    viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h. 
    Troyan dasturlar o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tashqaridan troyan 
    dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali funksiyalarni tavsiya etadi. ammo 
    foydalanuvchi bunday dasturni kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur 
    bildirmay zarar keltiruvchi funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan 
    dasturlar viruslarni dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan 
    foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda ishlatiladi. 
    Mantiqiy bomba – ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi harakatlarni 
    bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy bomba, masalan, ma’lum 
    sana kelganda yoki ma’lumotlar bazasida yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q 
    bo‘lganida va h. ishga tushishi mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan 
    dasturlarga va oddiy dasturlarga joylashtirilishi mumkin. 

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish