193
tarmoqqa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi, natijada virus
foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi.
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari.
Viruslarni tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi
nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqununiy nusxalarda
ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan fayllar bo‘ladi. Viruslarni
tarqatish manbalariga elektron anjumanlar va FTP va BBS fayl-serverlar ham
taalluqli.
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va umumfoydalanish
rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina viruslarni tarqatish manbaiga
aylanishi mumkin. Agar bunday kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi
disketidan zaharlangan bo‘lsa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar
disketlari ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter viruslari ham,
o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda, takomillashadi. Har qanday
onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lgan, ammo yangi
kompyuter asbob-uskunasiga mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari
va qurtlar paydo bo‘lishi mumkin. Yangi viruslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin
mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizimlarga tatbiq
etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Virusdan zaharlanish
xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim ma’muri, nafaqat virusga
qarshi usullardan foydalanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib
borishi shart.