Tarbiya va ijtimoiy tarbiya




Download 464,23 Kb.
bet12/118
Sana03.02.2024
Hajmi464,23 Kb.
#151051
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
Bog'liq
Axmamat jumayev, surayyo sharipova

Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’yekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, kadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Boshqa so‘zlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’yektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruhdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek, o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy hayot yo‘lini belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi.
Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, guruh va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning sub’yektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi.
Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashlariga bog‘liq.
O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.

Download 464,23 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Download 464,23 Kb.