|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 193/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgTuganak mevali sabzavotlar. Kartoshka. Bu mahsulot aholi ovqatlanishida anchagina o‘rin tutadi, texnik qayta ishlash-quritish, spirt, kraxmal olish uchun xomashyo bo'lib xizmat qiladi.
Kartoshkaning navlari ularning nimaga mo‘ljallanganligiga qarab, shartli ravishda xo'raki, texnikaviy, xashaki va universal navlarga bo‘linadi.
Kartoshkaning xo‘raki navining mazasi yaxshi, silliq, yupqa po‘chog‘ida sayozgina ko‘zlari, shakli esa dumaloq bo'ladi, eti oq, artilganda va to‘g‘raganda tez qoraymaydi. Bunday navli kartoshkalar tarkibida 12-18% kraxmal bo‘lib, ular yaxshi pishib yetiladi.
Kartoshkaning universal navlarida kraxmal ko‘p bo‘ladi, pishirayotganda ezilib ketadi. Shuning uchun ularni pyure qilishga yoki qovurishga ishlatiladi.
Unib yetilish vaqtiga qarab kartoshka ertagi, o‘rtagi va kechki bo‘ladi.
Ertagi navlarga: Ertagi roza, Epikur, Epron, Tezpishar Priyekulskiy navlari, o‘rtapishar navlarga: Ella, Lubimes, Peredovik, Xo‘raki-16 navlari, kechroq o'rtapishar navlarga: Lorx, Berlixengen navlari kiradi. Bular yaxshi saqlanadigan bo‘ladi.
Kartoshka tuganaklari butun, quruq, ko‘karib ketmagan, loy bosmagan, shakli va rangi bir xil, po‘chog‘i zich pishiq (kechki kartoshkada) bo'lishi kerak. Tuganaklarning eng katta ko'ndalang kesimi diametri bo‘ylab quyidagi kattalikda bo'lishi mumkin: ertagi kartoshkada
340
-30 mm (cho‘ziqroq shaklida -25 mm), kechki kartoshkada yetishtirilgan rayoniga qarab 36-45 mm (cho'ziqroq shaklida kamida 30 mm).
Tuganaklarga yopishib qolgan tuproq 1 % dan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mexanik zarar yetkazilishi ham, shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalari, kasalliklar zarar yetkazishi ham kartoshka sifatiga ta’sir qiladi.
Topinambur. Bu ko‘p yillik serhosil ekin. Tuganaklari yuzasida yirik do‘ng ko'zlari bor ovalsimon, urchuqsimon, uzunchoq bo'ladi. Tuganaklarining rangi sarg‘ish-oq, pushti, qizil, binafsha rang. Eti oq sersuv, shirinroq. Topinambur tarkibida: inulin-20% gacha, saxaroza -5% gacha va azotli moddalar 3% gacha bo‘ladi. Topinambur qovurilgan tarzda iste’mol qilinadi, uni mollarga oziqa sifatida, inulin va spirt olishga ishlatiladi. Uni kuzda yoki bahorda yig‘ib olinadi, chunki tuganaklari ozroq sovuqqa chidamli bo'lib, qazilmay, qishda tuproqda qolib ketsa ham boTaveradi.
В at at. Uning shakli va rangi har xil, o‘sib ketgan yon ildizlari ovqatga ishlatiladi: kattaligiga qarab batat kartoshkadan yirikroq bo‘ladi. Batatning tarkibida: qandlar -6% gacha, kraxmal -20% gacha, oqsillar -2% gacha bo‘ladi. Quruq etli (shirinmas) navlari suyuq ovqatlar tayyorlashga, sersuv (shirin) navlari esa quyuq ovqatlar pishirishga ishlatiladi.
Ildizmevali o'simliklar. Yo‘g‘onlashgan ildizi ovqatga ishlatiladigan sabzavotlar ildizmevali o‘simliklarga kiradi.
Lavlagi. Ildizmevali boshqa o‘simliklarga nisbatan xo'raki lavlagining oziqlik qimmati yuqori bo‘ladi. Uning tarkibida qand (9% saxaroza), azotli moddalar (1,7%), mineral moddalar (1%), kaliy tuzlari, kalsiy, magniy, fosfor, temir va kobalt tuzlari tarzida juda ko‘p bo‘ladi. Lavlagida С, В,, B2, PP, P vitaminlari bor. Uning davolash xususiyatlari bor: u ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, aterosklerozning oldini oladi va modda almashinuvini tartibga solib turadi. Kesimida eti oq rangli va oq halqalari kam, shakli yassiroq dumaloq, o‘rtacha kattalikdagilarining oshbop xususiyatlari eng yaxshi bo'ladi.
Xo'raki lavlagining eng yaxshi ro‘zg‘orbop-botanik navlari: Bordo, Misiriy, Nesravnenniy, Gribovskiy. Bordo-etida halqasi yo‘q, to'q qizil eng yaxshi navlardan biri, Nesravnenniyning eti mayin, rangi to'q, a’lo darajada mazali.
Lavlagining ildizmevasi, yangi, toza, butun, ho'l tegmagan bo'lishi kerak. Uzilganda o'zida qolgan bandining uzunligi ko'pi bilan 2 sm.
341
Ildizmevalari orasida yorilganlari, singanlari, shakli qiyshiqlari, bargi noto‘g‘ri qirqilganlari 5 % dan ortiq boimasligi kerak. Eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 5 sm dan 14 sm gacha. Ildizmevasiga yopishib qolgan tuproq 1 % dan oshmasligi kerak.
Sabzi. Xo'raki sabzining ta’mi yaxshi, tarkibida hazmi yengil qand moddalari (6%), azotli moddalar (1,3%), A provitamini (karotin), vitaminlar (С, В,, B2, B6, PP, E), mineral moddalar (natriy, kaliy, temir) boiadi. Sabzida davolik xususiyatlari ham bor, u yurak-qon tomir sistemasiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, kamqon odamlarga foydasi bor. Sabzining o‘zagi kichkina, sersuv va nozik etining rangi yarqiragan navlari eng yaxshi hisoblanadi. Ildizmevasi urchuqsimon cho‘ziq, uzunligi 20-45 sm li navi Valeriya deb ataladi.
Sabzining ildizmevasi yangi, butun, toza, shakli bir tekis, bandining uzunligi ko‘pi bilan 20 sm boiishi kerak. Ildizmevasining eng katta ko‘ndalang kesimidagi diametri 2,5 sm dan 6 sm gacha. Bir to'plam standart sabzi orasida 10% gachasi belgilab qo‘yilgan kattaliklardan 0,5 sm farq qilishi mumkin. Sabziga yopishgan tuproq 1 % dan oshmasligi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|