B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




Download 1,23 Mb.
bet194/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

Oq ildizli ko'katlar. Petrushka, pasternak, selderey va xren oq ildizli ko‘katlarga kiradi. Ular tarkibida qand (6,5-9,4%), С vitamini, efir moyi ko‘p miqdorda, hidi xushbo‘y boiadi.
Petrushkaning ildizi ham, bargi ham iste’mol qilinadi. Petrushka ildizi tarkibida efir moyi, bargi tarkibida esa С vitamini bor. Yangi va quritilgan petrushka ziravor tarzda ovqatlarga, konserva qilishda, tuzlamalarda, marinadlarda ishlatiladi. Petrushkaning eng yaxshisi-shirin Gribovskiy navi. Petrushkaning ildizi yangi, toza sogiom, butun, bargsiz boiishi kerak.
Pasterna∋ng shakli dumaloq konussimon boiadi. Oq rangli, go‘shtdor, boiiq ildizi tarkibida pektinli moddalar, С vitamini bor, uning hidi efir moyi borligi uchun (3% gacha) yoqimli, o‘ziga hos xushbo'y, ta’mi shirinroq. Pasternak ildizi oshpazlikda ziravor sifatida, konserva qilishda ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan navlari: Student, ertagi Dumaloq. Ildizmevasi yangi, toza, sogiom, bargsiz boiishi, shakli qiyshiq boimasligi kerak. Pasternakning cho‘zinchoq shakldagi ildizmevasining eng katta diametridagi oichami kamida 2 sm, dumaloq shakldagisining diametri esa kamida 3 sm boiishi kerak.
Selderey oq ildizli ko'katlarning eng mayini va eng xushbo‘yi. Selderey ildiz, barg, poya tarzida yetishtiriladi.
342
Seldereyning ildizi sharsimon, ildiz mevasi o‘tkir xushta’m bo‘ladi. Keng tarqalgan navlari: Yablochniy, Snejniy shar, Gribovskiy ildizi. Oshpazlikda ziravor sifatida ishlatiladi. Seldereyning bargi juda ko‘p bo‘lib, yangi va quritilgan tarzda ziravor sifatida ishlatiladi.
Selderey poyasidan salat tayyorlashda foydalaniladi. Unda 3-4 sm gacha sersuv, bo'liq bargpoyalar bo'ladi. Keng tarqalgan navlari: Beloye pero, Zolotoye pero. Seldereyning uchala turi ham yangi, toza, sog'lom bo'lishi kerak. Ildizmevasining eng katta ko'ndalang kesimi diametridagi o'lchami kamida 4 sm bo'ladi.
Karamlarning oziqaviylik qiymati tarkibidagi qandlar, mineral moddalar (kaliy, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, temir va h.k), В,, B2, PP,
С, E vitaminlari, organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradigan foliy kislota, sklerozga qarshi ta’sir etuvchi xolin qanchaligiga qarab aniqlanadi. Oq karam tarkibida oshqozon yarasi kasalligini davolashda ishlatiladigan U vitamini bor.
Оq karam. Barcha karam turidan eng ko'p tarqalgan ekin. Xomli- gicha, oshpazlikda, tuzlash uchun ishlatiladi: sersuv oq barglardan iborat zich boshlari esa yangi uzilgan holda yaxshi saqlanadi. Oq karam tarkibida oqsillar (2,5 % gacha), qand (5 % gacha), mineral moddalar (ko'p miqdorda kaliy va fosfor tuzlari), vitaminlar (С, P, В,, B2, PP) bor.
Unib yetilish vaqtiga qarab karam quyidagi navlarga bo'linadi:


  • ertagi navlar-birinchi raqam, Zolotoy gektar va boshqalar. Ertagi karam boshlari zich emas, o'lchami kichik va faqat yangiligicha iste’mol qilinadi;


  • o'rtagi navlar-Slava, Gribovskiy slava, Podarok, Kashirka. Boshlari yirik bo'lib, tuzlash uchun ishlatiladi;


  • kechki navlar-Amager, Zimovka, kechki Moskovskaya. Bularni uzilganicha kuz-qish davrida uzoq vaqtgacha saqlasa bo'ladi.


Standart oq karam boshlari yangi, toza zich yoki kamroq zich (o'rtagi va kechki navlari), lekin yumshoq emas, ro'zg'orbop-botanik navi bir xilda, ko'karib qolmagan bo'lishi kerak. O'zagining uzunligi ko'pi bilan 3 sm. Boshlar ularga zich yopishib turadigan o'q yoki oq barglarigacha yetkazib tozalangan bo'lishi kerak. Boshining og'irligi ertagi karamda-kamida 0,4 kg, o'rtagi va kechki karamda-kamida 0,8 kg bo'ladi. 1 fevraldan boshlab tozalash vaqtida boshining yuzidan ko'pi bilan 1/8 qismi kesib tashlanganda massasi kamida 0,6 kg qolgan karamlarni sotishga ruxsat etiladi.
Qizil karam. Barglari tarkibida antosianlar bo'lgani uchun, qizil karam boshlari binafsha-qizil rangdan to'q-qizil ranggacha bo'yalgan


343

bo‘ladi. Bu karam boshlarining kattaligi oq karamga nisbatan kichikroq (1,5-3 kg), lekin undan zichroq, yaxshi saqlanadigan bo'ladi. Bu karam yangi holicha va marinadlash uchun ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan navlari: Gako, Toshbosh, Zen it.

Qizil karamning boshlari yangi, toza, butun, yetarli shakllanib bo'lgan, zich, qizg'ish-binafsha rangdan ko‘kish-qizil ranggacha bo'ladi. O'zagining uzunligi-ko'pi bilan 2 sm, boshining massasi-kamida 0,6 kg. Qishda saqlangandan keyin (1-fevraldan boshlab) tozalash vaqtida yuzidan ko'pi bilan 1/8 qismi kesib tashlanganda tozalangan boshining massasi kamida 0,5 kg dan qolgan karamlarni sotishga ruxsat etiladi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

Download 1,23 Mb.