• Moyni ajratib olish.
  • B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




    Download 1,23 Mb.
    bet86/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    Yanchilma
    5.6-rasm. VS-5 rusumli valesli dastgoh.


    149

    haroratgacha qizdirilib, quritiladi. Bunday ishlov berilgan yanchilma

    mezga deb ataladi. Tayyor mezganing yakuniy namligi IV nav paxta
    chigiti va kungaboqar urug‘i uchun 5-6% gacha, I—III nav paxta chigiti
    uchun esa 4,5-5,5 % ga yetadi.

    Bunday mezga ikki bosqichda presslash usulining birinchi
    bosqichi-forpresslashni juda samarali amalga oshirishni ta’minlaydi.
    Bir bosqichli usulda ekspellerlarda presslash usuli qo'llaniladigan bo‘lsa,
    u holda tayyor mezganing parametrlari boshqacha bo‘ladi: kungaboqar
    urug'i mezgasi uchun namlik 1,5-2,0%, harorat 115-120°C; I—III navli
    paxta chigiti mezgasi uchun-namlik 2,5-3,5%, harorat 110-115°C; IV
    navli paxta chigiti mezgasi uchun esa-namlik 3,5-5,0%, harorat 105—
    110°C.

    Yanchilmani qovurib mezga tayorlash uchun barabanli, shnekli
    qovurish apparatlari, qovurish qozonlari qoMlaniladi. Eng keng tarqalgan

    qovurish qozonlari 5 yoki 6
    chandan iborat bo‘ladi. Masalan
    J-68 qovurish qozoni (5.7-rasm) bir-
    birining ostida birin-ketin joylash-
    gan 6 ta chan (sig‘im)
    1 dan iborat
    bo‘lib, ularning diametri 2100 mm,
    har birining balandligi 435 mm.
    Vertikal yo‘nalishda umumiy val
    2 o‘tgan bo‘lib, har bir chan ichida
    bu valga pichoq-aralashtirgichlar
    mahkamlab o‘rnatilgan. Chanlar
    bug
    1 yordamida qizdiriladi.
    Moyni ajratib olish. Mezgadan
    moyni ajratib olishda presslash
    (siqish) yoki organik erituvchilar
    yordamida ekstraksiyalash usullari
    qoMlaniladi. Odatda, bu usullarning
    ikkalasidan ham ketma-ketlikda
    foydalaniladi.

    Moyni ajratib olishning
    presslash usuli.
    Mezgadan moyni
    siqib olish uchun turli konstruk-
    siyalardagi shnekli presslar qo‘lla-
    niladi. Shnekli press (5.8-rasm)



    150
    yig‘ma konstruksiyali silindr va shnekli valdan tashkil topgan. Yig‘ma konstruksiyali silindr-zeyer uni hosil qiluvchi bo'ylama plastinkalar orasidan presslangan moy chiqadigan darajada ochiq (tirqish) qilib yasalgan. Shnekli val 1 alohida vintli zvenolardan, ularga yondashib turadigan pichoqlar J va zeyerli baraban 3 dan tashkil topgan. Vintli zvenolar val uzunasi bo'ylab silindrsimon yoki konussimon oraliq halqalar va diafragmalar bilan ajratilgan. Bu presslash davomida presslanayotgan mezganing zichlanish me’yorini ta’minlaydi.


    Mezga yig‘ma silindrning qabul qilish qismiga ta’minlovchi moslama


    1. orqali kelib tushadi va shnekli valning vintlari 4 orqali shnekdan chiqish yo‘nalishida harakatlanadi. Bunda shnekli pressdagi bosim 30 MPa gacha, mezganing zichlanish darajasi 2,8 dan 4,4 baravargacha, presslash vaqti (davomiyligi) esa 78-225 sekundgacha yetadi.


    Presslash bosimi va chiqadigan kunjara moyliligiga qarab shnekli presslar ikkiga bo'linadi: forpresslar va ekspellerlar.
    Forpresslardan chiqadigan kunjaraning moyliligi 15—17% ni tashkil etadi. Odatda, forpresslar ekstraksion zavodlarning texnologik


    151
    sxemalarida keng qoilaniladi. Ular bir sutkada 70-801 urug‘ni qayta ishlashi mumkin. Fopresslarda shnekning aylanish harakati chastotasi 18­36 min-1, chiqadigan kunjara chig‘anog‘i qalinligi 8-12 mm, presslanish vaqti 80 sekund atrofida. Ishlab chiqarishda keng qo'llaniladigan bunday forpresslardan biri MP-68 forpressidir.
    Hozirgi paytda ishlatilayotgan eng zamonaviy shnekli presslardan R3- MOA-10 shnekli pressining ish unumdorligi (qayta ishlanadigan kungaboqar urug'i bo'yicha) 300 t/sut boiib, undagi shnekning aylanish chastotasi 42-72 min-1, bu press R-3 MOA agregati tarkibiga chanlarining diametri 3000 mm va umumiy qovurish yuzasi 80 m2 boigan yetti chanlik qovurish qozoni bilan birgalikda kiradi.
    Ekspellerlardan chiqadigan kunjaraning moyliligi 4-7% ni tashkil etadi. Bunda bir sutkada 18-301 urug‘ qayta ishlanadi. Ekspellerlarda shnekning aylanish chastotasi 5-18 min-1, chiqadigan kunjara chig‘anog‘i qalinligi 3—5 mm, presslanish vaqti 220-225 sekund atrofida.

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

    Download 1,23 Mb.