|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 83/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org143
5.3-rasm. Resirkulatsion quritgichning tuzilishi.
maqsadida quvurlarning har bir
100 mm ga siljitilgan.
Qurituvchi agent 300-350 °C
sodir bo‘ladi, quritilmagan urug'lar
birmuncha qizib, namligi biroz
pasayadi, quritilganlari esa, aksincha,
birmuncha sovib, namligi shunga
yarasha ortadi. Shundan so‘ng quritish
sikli yana qaytariladi. Bunday
resirkulasion quritishning iqtisodiy
ahamiyati shundaki, quritish uchun
issiqlik sarfi kamayadi. Shuni ham
ta’kidlab o‘tish kerakki, resirkulatsion
quritishda urug‘lar oqimi quriti-
layotgan urug'larning namlik miq-
doriga bog‘liq ravishda doimo boshqa-
rilib turiladi. Ya’ni, quritilayotgan
urug‘larning namligi qanchalik yuqori
bo‘lsa, resirkulatsiyaga yuboriladigan
quritilgan urugiar miqdori ham
shunchalik yuqori bo‘lishi kerak.
Quritgichning qizdirish kamerasi
temir-betondan to‘g‘ri burchakli
shaklda qurilgan. Kamera ichida ko‘n-
dalang yo‘nalishda 20 qator diametri
100 mm li cho'yan quvurlar (trubalar)
o'rnatilgan. Kameraga tushayotgan
urug‘lar uning kesimi bo'yicha bir
tekisda taqsimlanishini ta’minlash
keyingi qatori avvalgisiga nisbatan
harorat ostida havo yuborish yo‘li 3
orqali qizdirish kamerasining pastki qismiga urug‘lar oqimiga qarama-
qarshi yo‘nalishda yuboriladi. Urug'lar namligi 10-12% ga pasayadi.
Moyli urug'larni qayta ishlovchi zavodlarda o‘z yordamchi xizmat bo‘limlariga ega bo‘lgan keng omborxona xo‘jaliklari mavjud. Ularning eng takomillashganlari-urug'lar saqlanadigan aylana yoki kvadrat kesimli temir-beton yacheykali 2 silosli va elevatorli omborlardir (5.4-rasm).
Gorizontal transportyorlar sistemasi urug'larni quritish-tozalash qurilmalari 1 dan silosli yacheykalarga, noriyalar esa urug‘larni yuqoridagi lentali transportyorlar 3 ga yetkazib berishga xizmat qiladi.
144
Elevatorii omborlar juda ixcham bo‘lib, yong‘inga chidamli, ularda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish va masofadan turib boshqarish mumkin. Ammo shuni ham ta’kidlab o'tish kerakki urug‘lar qatlami balandligi 30 m dan ortiq bo‘lgan elevatorii omborlarda sochiluvchanlik xususiyati yomon bo'lgan urug'lar (paxta chigiti urug‘i) va urug‘ po‘stlog‘i mustahkam bo‘lmagan urug‘larni (kanakanop urug‘i) saqlab bo'lmaydi. Bunday omborlarda kanakanop urug‘iga o‘xshagan urug‘lar saqlanadigan bo‘lsa, omborlarni yuklash va bo‘shatish jarayonida urug‘ to‘qimalariga ko‘rsatilgan katta mexanik ta’sir natijasida urug'larning ko‘p qismi shikastlanishi mumkin.
Saqlanadigan urug'lar qatlamining balandligi 15 m dan oshmaydigan mexanizatsiyalashtirilgan omborlarda urug‘lar birmuncha kamroq mexanik ta’sirlarga uchraydi. Bunday omborlarda paxta chigitidan tashqari barcha moyli urug‘larni saqlash mumkin.
Paxta chigiti va shunga o‘xshash sochiluvanlik xususiyati kam bo‘lgan uruglar massasi yassi tekisliklarda to'kilgan holda omborxonalarda saqlanadi. Bunday omborxonalar ham mexanizatsiyalashtirilgan bo‘ladi.
145
Urug‘larni chaqish. Moyli urug‘ va mevalar to‘qimalaridagi moy zaxiralari, odatda bir tekisda taqsimlanmagan bo‘ladi: moyning asosiy qismi urug‘ mag‘zida—murtak va endospermda joylashgan. Urug‘ va meva po‘stloqlarida esa juda ham kam moy to'plangan bo‘lib, u boshqa xil (oziqaviylik qiymati pastroq) lipidli tarkibga ega bo‘ladi.
Shunga asosan, ko'pgina turdagi moyli urug'lar va mevalarni qayta ishlashda ularning meva va urug‘ po‘stloqlari asosiy moyli to‘qima qismi--mag‘izdan ajratiladi. Bunda qayta ishlanayotgan xomashyoning moyliligi, texnologik qurilma va moslamalarning ishlab chiqarish unumdorligi, moy va oqsilning sifati oshadi.
Urug‘ po‘stlog‘ini mag‘zidan ajratish jarayoni po‘stloqni tashkil etuvchi to‘qimalarga shikast yetkazish-urug‘ni chaqish, so‘ngra esa «chaqilma» deb nomlanuvchi aralashmadan mag‘iz va sheluxani (luzgani) ajratish jarayonlaridan iboratdir.
Moyli urug‘lar po‘stlog‘i va mag‘zining fizik-mexanik xossalariga bog'liq ravishda ularni chaqish uchun turli usullar qo‘llaniladi. Chaqish jarayoniga bo‘lgan eng asosiy talab-mag‘izga shikast yetkazmaslik va uning maydalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Chaqish mashinalarining takomillashmaganligi sababli ushbu talabni to‘la bajarib bo‘lmaydi.
Kungaboqar urug'ini chaqish uchun R-3 MOS markazdan qochma chaqish mashinalariga (5.5-rasm) o‘xshash qurilmalar qo‘llaniladi. Bunday mashinalarda urug‘ bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida mag‘izga ko‘p shikast yetkazilmaydi.
Kungaboqar urug‘lari uzluksiz oqimda simto‘rli to‘siq 3 ga kelib tushadi va uning umumiy yuzasi bo‘yicha bir tekisda taqsimlanadi. Olz o‘lchamidan ham katta bo‘lgan aralashmalar bu yerda ajratib olingandan so‘ng, urug‘lar taqsimlovchi qurilma 2 orqali yuqori va pastki ishchi bo‘lim gardishlari (disklar) 4 ning o‘n beshta radial yo‘naltiruvchi kanallari 6 ga so‘rib olinayotgan havo bilan birga yuboriladi. Rotor gardishining diametri 380 mm, rotorning aylanma harakati chastotasi 2100-2400 min4. Radial kanallardan urug‘lar aylanma qalqonga (deka) kelib uriladi. Bunda kungaboqar urug‘i uchki qismi bilan bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida u chaqiladi.
Chaqilma korpus 1 dan patrubka 11 orqali siklon 12 ichida joylashgan silindrik elak 13 ga kelib tushadi. Elak to‘ri teshiklarining diametri 4 mm. Chaqilma silindrik elakning pastki qismiga yo‘nalgan spiralsimon harakat qiladi, bunda moyli kukunlar (moyli «chang») elakdan o‘tib tarnov 9 orqali mag‘iz liniyasiga yuboriladi. Chaqilma esa tarnov 10 orqali aspira- tsion elash qurilmasiga yuboriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|