|
§. 0‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH
|
bet | 81/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org§. 0‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH
0‘simlik moylari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi quyidagi jarayonlarni ko‘zda tutadi (5.1-rasm):
moyli urugiarni saqlash uchun tayyorlash va saqlash;
urug‘larni moy ajratib olishga tayyorlash;
presslash va ekstraksiyalash;
moylarni dastlabki va kompleks tozalash;
shrotni qayta ishlash.
Hozirgi paytda urug‘lardan, asosan, ikki usulda moy ajratib olinadi:
Moylilik darajasi yuqori bo‘lgan urug‘lardan ketma-ket avval presslash, so‘ngra esa ekstraksiyalash usullari bilan moyni ajratib olish. Bunda ajratib olinadigan moyning 3/4 qismi presslash natijasida olinadi. 2. Moylilik darajasi past boigan urug‘lardan bevosita ekstraksiyalash usuli bilan moyni ajratib olish.
5.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi usul, ya’ni bevosita ekstraksiyalash usuliga o‘tish o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologik sxemasini anchagina soddalashtiradi.
140
Urug'larni transportda
yetkazish. Aralashmalardan
tozalash. Quritish. Saqlash.
Qayta ishlashga yuborish.
Aralashmalardan tozalash,
urug'larni namligi va o'lchov-
lari bo'yicha me'yorlashtirish.
Urug'larni po'stlog'idan
ajratish. Ezib maydalash.
Inaktivatsiya va qovurish
(termonamlik ishlovi berish).
Moyni siqib chiqarish.
Ekstraksiyalanadigan
materialning bargchasimon
strukturasini hosil qilish.
Presslangan moyni birlamchi
tozalash.
Ekstraksiyalab moy olish.
Mitsellani qayta ishlash.
Shrotga ishlov berish.
Moyni tozalash, filtrlash.
Fosfatid konsentratlarini ajratib
olish (ba’zi moylar uchungina)
oqsillarni ajratib olish va
shrotni oqsillarga boyitish.
|
| |