• Mavzu: O‘quvchilarga «Tuxumli taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish (blinchik, quymoq, tuxumni qaynatish, qovurish)» mavzusini o‘qitish metodikasi. Urganch - 2023
  • Texnologiya fani oquv ustaxonasining moddiy texnik ta’minoti
  • Berilgan mavzu yuzasidan pedagogik texnologiya va AT larni qo`llagan xolda o`qitishni tashkil qilish boyicha dars ishlanmasini ishlab chiqish.
  • Ilоva 0 Kirish
  • Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 3.18 Mb.
    bet1/7
    Sana09.11.2023
    Hajmi3.18 Mb.
    #96451
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    axborot tashuvchilar, 7-mavzu. Innovatsion marketing tizimida brending nazariyasi kons, Otabek 1 lab, 2-mavzu, Akkumulator, TOG o\'quv qo\'llanma, 1- amaliyot Omonbayev Jaloliddin, Hisobot yuzi (4), Mehnat ta`limi o`qitish metodikasi, Ro\'zmatboy[1], kalit, Bozor va Marketing, Tadbirkorlik etikasi va madaniyati., Mavzu Pedagogik texnikani qo’llash-fayllar.org

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    PEDAGOGIKA FAKULTETI
    5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi talabasi

    Texnologiya ta’limi metodikasi”


    fanidan bajargan



    KURS ISHI


    Mavzu: O‘quvchilarga «Tuxumli taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish (blinchik, quymoq, tuxumni qaynatish, qovurish)» mavzusini o‘qitish metodikasi.


    Urganch - 2023


    MUNDARIJA.



    Kirish.

    0

    Texnologiya fani oquv ustaxonasining moddiy texnik ta’minoti

    0

    Taqvim mavzuli reja

    0

    Berilgan mavzu yuzasidan pedagogik texnologiya va AT larni qo`llagan xolda o`qitishni tashkil qilish boyicha dars ishlanmasini ishlab chiqish.

    0

    Хulоsa

    0

    Fоydalanilgan adabiyotlar.

    0

    Ilоva

    0


    Kirish.
    “Texnologiya” fani darslari jarayonida turli tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologik usullar asosida ishlov berish ishlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida “Texnologiya” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad – o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirish-dan iborat.
    Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘qitiladigan “Texnologiya” fanining asosiy vazifalari:
    – materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obekt va texnologik jarayonlarga oid ma'lumotlarni o‘rgatish;
    – texnik obekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;
    – texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;
    – texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
    – texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
    – buyumlarni tayyorlash bo‘yicha mehnat jarayonlarini bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
    – ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va “Texnologiya” faniga oid kompetentsiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
    Izlanish ob'ekti. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Texnologiya” fani boshlang‘ich sinflarda umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” hamda “Umumlashagan” yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan taqdirda V-IX sinflarda “Texnologiya” fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat beriladi. Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga “Texnologiya” fani yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi. “Texnologiya” fanining yo‘nalishlari maktab atrofidagi korxona, tashkilot, xo‘jalik va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlangan hududlardagi maktablarda “Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo‘naltirish imkoniyatlari yaratilishi lozim. “Texnologiya” fani darslarini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim: Tashkiliy vazifalar. “Texnologiya” fani bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar uchun o‘quv xonasi va amaliy mashg‘ulotlar uchun ustaxona tashkil qilish va ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish. O‘quvchilarni mashg‘ulotlar uchun zarur xom ashyo, material, asbob-uskunalar bilan ta'minlash hamda moslamalar, mexanizmlar stanoklar bilan amaliy ishlash jarayonini tashkil qilish. Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi bo‘yicha me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarning to‘liq bajarilishini ta'minlash va muntazam nazorat qilib borish. O‘quvchilarning turli kasblar bo‘yicha mehnat jarayonlari va kasb egalaribilan yaqindan tanishishlarini amalga oshirish uchun korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, tashkilotlar, muassasalar bilan doimiy aloqa o‘rnatish6. Rasmiy hujjatlar: me'yoriy rejalashtiruvchi hujjatlar, ustaxonada xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena talablari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga doir hujjatlarni yuritish. Uslubiy vazifalar. Mashg‘ulotlarning yarim yoki bir yillik ish rejalarini tuzish, bunda mahalliy sharoitlar, ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, kasblar tasnifi asosida o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin bo‘lgan kasb turlarini tanlash. “Texnologiya” fanidan o‘g‘il va qiz bolalarning o‘ziga xos mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish. Mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, yangi didaktik materiallar, vositalardan keng foydalanish, ta'lim va tarbiya birligini ta'minlash. O‘quvchilarda turli kasblarga tegishli dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatsevarlikni shakllantirish. “Texnologiya” fani darslari jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olish. O‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarini muntazam nazorat qilib borish. Dasturdagi texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish ketma-ketligi mahalliy sharoit va imkoniyatlar hisobga olingan holda o‘qituvchi tomonidan hal qilinadi. Olingan natijalar. Yuqoridagi fikrlardan shuni aytish joizki, “Texnologiya” fani vazifalari mazmunan murakkab dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi. Buni tushunish uchun shuni nazarda tutish kerakki, “Texnologiya” fani vazifalari turli darajada qo‘yiladi va hal qilinadi. Xulosa. Yuqorida bayon etilgan ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkin, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash mashaqqatli ish hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining eng mashaqqatli ishlaridan biri shuki, u har bir o‘quvchining shaxsiy (individual) xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishishdan iborat. Bu o‘rinda o‘quvchining faolligi o‘z-o‘zidan oshmasligini, balki bu ongli munosabat natijasi ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. Modomiki, faollik onglilik natijasida vujudga kelar ekan, u ta'lim-tarbiya ishining mazmuni, tashkil etish shakli, amalga oshirish metodlari va vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi. O‘qituvchi ongli ravishda o‘quvchilarda o‘qishga qiziqishini yanada oshirishi lozim. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, umumta'lim maktablarida boshqa fanlardan farqli ravishda “Texnologiya” fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning faolligini oshirish orqali ularda ishlab chiqarish sohalari haqidagi tushunchalarni shakllantirishda katta imkoniyatlar mavjud. Chunki “Texnologiya” fani mashg‘ulotlarida nazariy ta'lim amaliy ta'lim bilan uzviy bog‘lab olib boriladi. Bu o‘quvchilarning mustaqil ishlashini, imkoniyat darajasida o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlarini ta'minlaydi. O‘quvchilar mashg‘ulotlar davomida o‘zlari yaratgan buyumlarni ko‘rib quvonadi, yonidagi o‘rtoqlari yasagan buyumlar bilan taqqoslaydi, yutug‘idan mag‘rurlanadi, kamchiligi bo‘lsa to‘g‘rilaydi. Bu esa o‘quvchilarni mustaqil shaxs bo‘lib kamolga yetishishlaridagi ilk qadamlari bo‘ladi. Bunday ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining mahorati, xususan, mashg‘ulot ko‘rinishiga qarab o‘qitish shakli va metodlarini qo‘llashi muhim amiyatga egadir.



    1. Download 3.18 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 3.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 3.18 Mb.