Dispanserizatsiyaning asosiy elementlari:
1. Kasalliklarni faol aniqlash
:
- ularni tibbiyot muassasalariga kundalik murojaati paytida;
- profilaktik tibbiy ko‘riklar vaqtida;
- kasalxonalarda davolanish vaqtida;
- uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqtida;
-yuqumli kasalliklar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni kuzatish
jarayonida;
- sanatoriya - kurortlarda davolanish vaqtida;
- aholi kasalligini va o‘lim sabablarini tahlil qilish orqali.
2. Faol kuzatish
:
- salomatlik darajasiga qarab barcha ko‘rikdan o‘tganlar 3 guruhga
bo‘linadilar:
- Sog‘lomlar - bu guruhga hech qanday shikoyatlari bo‘lmagan,
hayot mobaynida (anamnezida) surunkali kasalliklarga chalinmagan va
153
tekshirib ko‘rilganda tana a’zolari va sistemalarining faoliyati
me’yorida bo‘lgan shaxslar kiradi (D
1
);
- Amaliy sog‘lomlar - bu guruhga hayot davomida o‘tkir va
surunkali kasalliklarni boshidan kechirgan, lekin bu kasalliklar
hayotida muhim bo‘lgan hayot faoliyatiga va hozirgi paytda mehnat
qobiliyatiga ta’sir etmagan shaxslar kiradi (D
2
).
- Bemorlar - surunkali kasalliklari bor bemorlar (D3). Ushbu guruh
o‘z navbatida kasallikni turi, kechishi, mehnat qobilyatini
yo‘qotganlik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: Kompensatsiya;
subkompensatsiya; dekompensatsiya holatidagi bemorlar.
Kompensatsiya davrining (D
3k)
kechishi bemorlar holatiga
mehnat qobiliyatini yuqotish darajasiga kamroq ta’sir etishi bilan
harakterlanadi. Subkompensatsiya guruhi D
3s
kasallikning biroz og‘ir
kechishi va uning tez-tez qaytalanib turishi, mehnat qobiliyatining
uzoq muddatga yo‘qotilishi bilan harakterlanadi. D
3d
guruhida
bemorlar ko‘pincha dekompensatsiya holatida bo‘ladi, bunda kasallik
odam organizmida turli patologik o‘zgarishlarni vujudga
kelishiga, mehnat qobiliyatini turg‘un darajada yo‘qotilishiga olib
keladi.
Har bir guruhda ishlab chiqarishga, turmushga va genetik
harakterga ega bo‘lgan xatarli omillari bo‘lgan shaxslarni alohida
ajratiladi.
Dispanser kuzatuvlari yuqorida ko‘rsatilgan dispanser guruhlariga
qarab belgilanadi, masalan D
1
guruhdagilar yiliga bir marta, D
2
guruhdagilar ikki marta, D
3
guruhidagilar doimiy ravishda kuzatib
borilishi kerak .
Lekin bu ko‘rsatmalarga har doim qo‘llanilishi shart emas,
balki har bir shaxsni individual holatini hisobga olgan holda
kuzatuvlarni rejalashtirmoq lozim. Dispanser kuzatuvlaridan tashqari
har bir dispanser guruhidagi shaxsga uning salomatligini alohida
holatiga qarab laboratoriya, rentgenologik, funktsional tekshirishlar
o‘tkazilib turiladi.
154
3. Faol davolash
:
poliklinikalarda, uyda, kasalxonalarda,
sanatoriyalarda bemorlar faol davolanishi lozim. Davolashni shunday
amalga oshirish kerakki, u profilaktik harakterga ega bo‘lishi lozim.
Kasallikning kuchayishini, qaytalanishini kutmasdan, uni barvaqt
chaqirib profilaktik ravishda, retsidivga qarshi davolashni boshlash
kerak. Shunda kutilayotgan qaytalanish, kasallikning kuchayishi
engilroq shaklda o‘tishi yoki bunday holatlar umuman ro‘y bermasligi
mumkin, bu juda katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir.
4. Hamshira patronaji - u quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi;
-
bemor yashayotgan sharoitni yahshilab o‘rganish;
- bemorlar tomonidan shifokorlar belgilagan tavsiyalarni o‘z vaqtida
bajarilishini nazorat qilib borish;
- har bir oilada sog‘lom turmush tarzini, sanitariya gigiena qoidalarini
targ‘ibot qilish va boshqalar.
5. Jamoatchilik asosida profilaktik chora - tadbirlarni amalga
oshirish
quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- har bir oilada sog‘lom turmush tarzini, sanitariya gigiena
qoidalarini targ‘ibot qilish va boshqa ishlar;
- korxonalarda va muassasalarda sanitariya - gigiena qoidalariga to‘liq
rioya qilish;
-
texnika xavfsizligiga to‘liq rioya qilish;
-
ishlab chiqarish va turmush bilan bog‘liq bo‘lgan xatarli omillarni
oldini olish;
-
turar joy sharoitlarini yahshilashga qaratilgan muhim choralarni
ko‘rish;
-
salomatlik uchun zararli bo‘lgan odatlarni oldini olish;
Shunday qilib, aholini har yilgi dispanserizatsiyadan o‘tkazish katta
ma’suliyatli vazifa bo‘lib, bu ishni bajarishda davolash - profilaktika
muassasalaridan tashqari hokimiyat, jamoat, xo‘jalik organlari ham
ishtirok etishlari lozim.
Barcha aholini dispanserizatsiyadan o‘tkazishda eng muhim
ishlardan biri barcha aholini alohida hisobga olib, har bir sh axsni
uning salomatligiga qarab (dispanser guruhlariga qarab) "Диспансер
кузатувининг назорат картаси "ni (Sh 030/h) to‘ldirish kerak. Bunday
155
karta shu poliklinika hududida yashovchi har bir kishiga tutiladi, unda
pasport ma’lumotlari bilan birgalikda kasalliklar, o‘tkazilgan
tekshirishlar va ularning natijalari yozib borilishi kerak.
Dispanser
kuzatuvini
o‘z
vaqtida
va
muntazam
o‘tkazilayotganligini tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar
hisoblanadi:
- kasallikni premorbid davrida dispanser nazoratiga olinganlar
(funktsional o‘zgarishlar vujudga kelgan davrda dispanser
kuzatuviga olinganlar);
- o‘z vaqtida dispanser kuzatuviga olinganlar ko‘rsatkichi (kasallik
tashxisi qo‘yilgandan so‘ng bir oygacha bo‘lgan davrda dispanser
kuzatuviga olinganlar);
- dispanserizatsiyaga kech olinganlar (kasallikning tashxisi qo‘yilgach 6
oydan so‘ng dispanser kuzatuviga olinganlar).
Dispanser nazoratiga baho berish uchun qo‘yidagi ko‘rsatkichlar
hisoblanadi:
- sistematik ravishda kuzatilganlarning foizlardagi miqdori:
- epizotik ravishda kuzatilganlarning foizlardagi miqdori:
- faqat bir yilda bir marta kuzatilganlarning foizlardagi miqdori:
- yil davomida umuman kuzatilmaganlarning foizlardagi miqdori:
Dispanserizatsiyani amalga oshirishda eng muhim omillardan biri
poliklinikadagi shifokor mutaxassislar o‘rtasida hamda poliklinika
bilan kasalxona o‘rtasida izchillik bo‘lishini ta’minlashdir.
Poliklinika va kasalxona o‘rtasidagi izchillikning turli xil
shakllari mavjuddir: misol uchun poliklinikadan kas alxonaga
bemorlarni yuborayotganda, hamda kasalxonadan davolanib
chiqayotgan bemorlar haqida etarlicha malumotlarni bir - birlariga
yozma ravishda etkazish, yoki bo‘lmasa poliklinika va kasalxonada
shifokorlarning ikki zveno bo‘lib va almashinib ishlashlarini
ta’minlash, undan tashqari kasalxonada bo‘ladigan klinik
konferensiyalarga poliklinika shifokorlarini taklif etilishi kabi
tadbirlar poliklinika va kasalxona o‘rtasidaga izchillikni ta’minlaydi.
Dispanserizatsiya ishining samaradorligini oshirish uchun keyingi
vaqtda poliklinikada salomatlikni qayta tiklash, davolash bo‘limlari
156
ochilmoqda. Bunday bo‘limlarning asosiy vazifasi yurak-qon tomir,
asab-ruhiy, tayanch-harakat tizimlari kasalliklarini davolash,
salomatligini va mehnat qobiliyatini tiklashdan iboratdir.
|