• dispanser usuli bo‘lib tibbiy xizmatning sifatini, samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
  • B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    10.4
     
    Oilaviy poliklinikada o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar 
     
    Oilaviy poliklinikada quidagi profilaktik tadbirlar o‘tkazish 
    ko’zda tutilgan: 
     
    1.Sanitariya - maorifi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, 
    ratsional ovqatlanishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar 
    ishlab chiqish; 
    2.Alkogol, chekish, giyohvandlik va zararli odatlarga qarshi kurash. 
    Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni targ’ibot etish; 
    3.Xizmat ko‘rsatayotgan aholi orasida OITS, OIV, sil, onkologik 
    kasalliklar, shikastlanishlar va zaharlanishlarga qarshi profilaktik 
    tadbirlar o‘tkazish; 
    4.Kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik ko‘riklarni 
    tashkil etish va o‘tkazish;
    5.Aholi orasida dispanserizatsiyani tashkil etish, shu jumladan, 15 
    yoshgacha bolalar, o‘smirlar (15-17), chaqiruv yoshidagilar (18-27 
    yosh), tug‘ruq yoshidagi ayollar (15-49 yosh) va qariyalarni patronaj 
    qilish. 
    6.Nikohdan o‘tayotgan yoshlarda tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish va 
    yosh oilalar orasida soglom bola tug’ilishiga qaratilgan targ’ibot 
    ishlarini olib boorish; . 
    7.Genetik kasalliklarni (tug‘ruqdagi nuqsonlar) kelib chiqishini 
    oldini olish maqsadida xotin - qizlar qo‘mitasi, mahalla qo‘mitalari bilan 
    hamkorlikda yaqin qarindoshlik nikohiga qarshi tashviqot ishlarini 
    amalga oshirish
    8.Hududiy DSENM va TMShlarini aniqlangan yuqumli kasalliklar, 
    zaharlanishlar va favqulotda hodisalar haqida ogohlantirish;. 
    9.Jamoa 
    tashkilotlarini 
    aholi 
    salomatligini 
    saqlash 
    va 
    mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
    o‘tkazishga keng jalb qilish. 


    152 
    Oilaviy shifokorlarining asosiy ish usuli -
     dispanser usuli
    bo‘lib tibbiy xizmatning sifatini, samaradorligini oshirishda muhim 
    omil hisoblanadi. 
     
    Dispanser usuli - bu o‘tkazilayotgan davolash - profilaktika chora -
    tadbirlarining sintezi hisoblanadi. Dispanserizatsiya - sog‘lom va
    bemor shaxslarni aktiv va muntazam ravishda kuzatishga aytiladi. 
    Dispanserizatsiya hozirgi vaqtda shifokorlarning ish usuligina bo‘lib 
    qolmay, balki barcha tibbiyot muassasalarning kundalik ish 
    tartibining ajralmas bir qismiga aylangan. Dispanserizatsiyaning 
    asosiy vazifasi kasalliklarni barvaqt, faol aniqlash, ularni faol 
    davolashni o‘z vaqtida boshlash, kasalliklarni muntazam ravishda 
    faol kuzatish, ish, turmush sharoitlarini sog‘lomlashtirish, 
    patronaj kabi ishlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. 
    Dispanserizatsiyaning maqsadi sog‘lom shaxslar salomatligini 
    saqlash, 
    kasalliklarni 
    oldini 
    olish, 
    kasalliklarni 
    dastlabki 
    bosqichlarida aniqlash, mehnat qobiliyatini yo‘qotishini oldini olish. 
     
    Dispanserizatsiya ikki bosqichda olib boriladi: 
    1)
    aholini dispanser kuzatuviga olish; 
    2)
    davolash - profilaktika choralarini amalga oshirish. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish