3
So’z boshi O’zbekistonda aholi salomatligini himoya qilish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan. «Jamoada hamshiralik ishi» fani aholi
salomatligini mustahkamlash, qariyalar salomatligini himoya qilish,
atrof muhit omillarini inson salomatligiga ta’sirining muammolarini,
bolalar va o‘smirlar salomatligini, balog‘atga etmagan qizlar va ayollar
salomatligini muhofaza qilishni, katta yoshdagilar va qariyalar
salomatligini himoya qilishni, jamoada aholining ruhiy holatlarini,
favqulotda vaziyatlarni oldini olishni, yashash va ish joylarida inson
salomatligini himoya qilishni hamda jamoadagi aholi o’rtasida
tarqaladigan yuqumli va boshqa kasalliklarning oldini olishni o‘rgatadi.
Respublikada xozirgi kunda sog’liqni saqlash ko’rsatkichlari
rivojlangan mamlakatlar darajasiga etkazish, tibbiy yordamni ommabop,
sifatli va samaradorligini yanada yahshilash bo’yicha davr talablariga
mos bo’lgan o’rta va oliy ma’lumotli hamshira mutaxasislarini
tayyorlash va malakasini oshirish, ularni ish usullari va shakillarini
takomillashtirishga katta etibor berilmokda. Aholi salomatligini
muxofaza qilish va axoliga kursatilayotgan tibbiy xizmatlarni jahon
andozalariga muvofiq tashkil etish sog’liqni saqlash tizimida faol ishlab
kelayotgan
oliy ma’lumotli hamshiralarning vazifalaridan biri
xisoblanadi. Jamoada hamshiralik ishi fani ma’lum bir tarixiy davrlarni,
uziga xos xususiyatlarni kamrab olgan xolda ijtimoiy shart-sharoit tashqi
muxit omillarini inson salomatligiga ta’sirini o’rganish bilan birgalikda
axolini salomatligini, uning turmush tarzini va shunga o’xshash
ko’rsatkichlarini bir biri bilan bog’lab o’rganishda yordam beradi. Bu
fan axolini salomatligi xolati, kasallanishi, insonlarning jismoniy
rivojlanishi, demografik jarayonlar va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-
iqtisodiy omillarni yoritib berish bilan birgalikda ilmiy asoslab beradi.
«Jamoada hamshiralik ishi» fani hamshiralik ishiga oid barcha maxsus
fanlar uchun umumlashtiruvchi fandir va u dasturi mazmunida boshqa
maxsus fanlar bilan organik bog‘liqlikdir. Mazkur fanda o‘zlashtirilishi
lozim bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalar avval o‘tilgan maxsus
fanlarning tayanch bilimlariga asoslanadi. Shu jamoada hamshiralik
ishini amalga oshirish va hamshiralik parvarishini to‘liq anglab etishni
kengaytirish va yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan muammoli
masalalarni taxlil qilish katta ahamiyat kasb etadi.
Darslik oliy tibbiy muassasalarida taxsil olayotgan oliy ma’lumotli
hamshira
fakultet
talabalari
tomonidan
davolash–profilaktik
4
muassasalarida bajariladigan vazifalari va faoliyatini o’rganish uchun
asosiy adabiyotlar qatoriga kiradi.
Darslikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari, davlat qonunlari, sogliqni saqlash soxasiga aloqador qarorlar
va dasturlari, Sogliqni saqlash vazirligi buyruqlari va yoriqnomalari
keng qullanilgan.