• I bob: JAMOADA HAMSHIRALIK ISHI– FAN SIFATIDA O’QITILISH ASOSLARI 1.1.
  • B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

     
     
     
     
     



    Qisqartirilgan so’zlar 
    AB – arterial bosim 
    BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
    JSST - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
    FXDYo fuqoralar holatiga dalolatnoma yozish 
    DSENM davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga
     
    HKT Xalqaro kasalliklar tasnifi 
    VMEK Vrachlik mehnat ekspertizasi 
    QVP - qishloq vtachlik punkti 
    OP -oilaviy poliklinika 
    BTSYo - birlamchi tibbiy sanitariya yordami 
    UASh – umumiy amaliyot shifokori 
    FAP - feldsher-akusherlik punkti
    VKK – vrachlik konsultativ komissiyasi
    TTB - tuman tibbiyot birlashmasi 
    DPM – davolash profilaktik muassasasi 
    EKG - elektrokardiogramma 
    TMSH 

    tuman markaziy shifoxonasi
    VKTTM - viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi
    RIIATM - respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy - amaliy tibbiyot markazi



    I bob: JAMOADA HAMSHIRALIK ISHI– FAN
    SIFATIDA O’QITILISH ASOSLARI 
     
    1.1.
     
    “Jamoada hamshiralik ishi” fanining qisqacha tarixi va 
    uning rivojlanishi 
     
     
    Hamshiralik ishi degani bu — avvalom bor davlatning iqtisodiy, 
    ijtimoiy va geografik joylashuvi bilan bog'liq mavjud sog'liqni saqlash 
    tizimi va uning rivojlanish darajasiga nisbatan funktsional majburiyatlari 
    aniq belgilangan hamshiralarning, tibbiyot xodimlari va jamoaning 
    hamshiralik ishiga munosabati va inson shaxsiy dunyoqarashining 
    yig'indisidir. 1980- yillarda JSSTning ekspertlari «Hamshiralik ishi» 
    tushunchasiga quyidagicha ta'rif berishgan: «Hamshiralik ishi — bu 
    insonlar o'rtasidagi munosabatning amaliyotidir, tibbiy hamshira esa, har 
    bir bemorni individual shaxs sifatida o'rganib, kasallik tufayli ularda 
    yuzaga kelgan ehtiyojlarni aniqlay bilishi lozim». 
    1859- yilda ushbu yunalishning asoschisi Florens Naytingeyl 
    o'zining mashhur «Bemorlar parvarishi to'g'risidagi yozuvlar» kitobida 
    hamshiralar ishiga quyidagicha ta'rif bergan: «Hamshiralik ishi — 
    bemorni qurshab turgan muhitni, uning sog'ayishi yo'lida qollash uchun 
    yo'naltirilgan harakatidir. Hamshiraning vazifasi bemorga shunday 
    sharoit yaratib berishdan iboratki, bunda tabiat o'zining davolovchi 
    qudratini namoyon qilsin». 
    Agar shifokor o’z amaliy faoliyatida, davolash ishi, barcha bilim 
    va harakatlarini ma'lum bir bemorning aniq bir kasalligini davolashga 
    qaratsa. Hamshiralarning etiborlari kasallikdan ko'ra ko'proq bemorga 
    yoki odamlar guruhiga, jamoaga, oilaga qaratilgan bo'lib, aholi sog'lig'i 
    bilan bogliq bo'lgan muammo va ehtiyojlarni hal qilishga yo'naltirilgan 
    bo’ladi va shu bilan ularning faoliyati shifokorlar faoliyatidan ajralib 
    turadi. 
    Jamoada hamshiralik ishi fanining rivojlanishiga Viktorian 
    davridagi eng ma'lumotli va noyob shaxslardan biri, ko’zga ko’ringan 
    ingliz hamshirasi F.Naytingeyl (1820-1910) katta hissa qo’shgan. Inson 
    tabiati haqidagi o’zining chuqur va ko’p tomonlama bilimlarini u 
    bemorlarni parvarishlash amaliyotlarida qo’llagan, uni hamshiralik 
    ishiga aylantirgan hamda buni nazariy bilimlar va ilmiy prinsiplarga 
    asoslangan kasb darajasigacha olib chiqa olgan. 



    Naytingeyl o’z g’oyalarini kasbiy tayyorgarlik va ilmiy 
    uslublardan foydalanish, harbiy tibbiy shifoxonalarni tashkil qilish va 
    tuzish sohalarida rivojlantirdi. Uning qarashlari va maslahatlari 
    hamshiralar kasbi haqidagi jamoatchilikning fikri va tasavvurini qat’iy 
    o’zgartirgan holda, ko’p mamlakatlardagi tibbiyot hamshiralari orasida 
    keng tarqalgan va tan olingan. O’z kuzatuvlarini Florens Naytingeyl 150 
    ta pamflest (broshura), 6 ta kitob va 13 mingdan ko’proq maktublarida
    yozib qoldirgan. 
    F.Naytingeylning asosiy merosi hozirgi kunda ham o’z 
    dolzarbligini yo’qotmagan asari „Bemorlar parvarishi haqida qaydlar" 
    kitobidir, u 1860-yilda nashr etilgan va shu vaqtgacha dunyoning o’nlab 
    tillariga tarjima qilingan. 
    Naytingeyl o’zining ushbu amaliy qo’llanmasida „Har bir ayol 
    bolalar va kattalarni ularning sog’lik va bemorlik damlarida yanada 
    yaxshiroq parvarish qilishni o’rganishi shart", deb yozadi. Naytingeyl 
    ushbu asrni yozganda u o’quv quroli o’rnini egallashi to’grisida 
    o’ylamagan, lekin shunga qaramasdan bu kitob asosida ko’plab yuqori 
    malakali tibbiyot hamshiralari yetishib chiqdi va shakllandi. 
    „Qaydlar" kitobi butun Yevropa bo’ylab tezda tarqalib ketdi. 
    Ushbu kitob chiqqan yilning o’zidayoq Italyancha tarjimasi bir vaqtning 
    o’zida Turin, Milan va Florensiyada nashr qilingan. 
    Rus tiliga V.D.Volfson 1905-yilda ingliz tilidagi nashrdan tarjima 
    qilgan va u „Bemorlarni qanday parvarish qilish kerak?" deb atalgan. 
    Bugungi kunda, zamonaviy ilm - fan nuqtayi nazaridan qaraganda 
    F.Naytingeylning bundan qariyb bir yarim asr oldin yozilgan bu kitobi 
    xuddi sodda asardek tuyuladi. Shunday bo’lsa-da uni o’qir ekansiz, 
    muallifming iqtidori, kuzatuvchanligi, ziyrakligi va o’z ishiga 
    fidoyiligini ko’rib, hayratga tushasiz. 
    Xalqaro hamshiralar kengashi tomonidan 1971-yildan boshlab, 12-
    may Florens Naytingeyl tugilgan kuni munosabati bilan uning xotirasi 
    uchun „Hamshiralar kuni" deb e'lon qilindi. Aynan Naytingeylning 
    zamonida ham bir nechta pog’onani bosib o’tgan bu soha bugunga kelib 
    ancha rivojlandi.
    O’zbekistonlik xalqimiz, shu jumladan, ,,Qizil yarim oy" 
    jamiyatining 17 mingta a'zosi urush yillari front orqasidagi yaradorlarga, 4 
    mingta hamshirasi va sandrujinachisi esa bevosita frontdagi jangchilarga 
    yordam ko’rsatdilar. Ulardan ko’plari mardlik va qahramonliklari uchun 
    orden hamda medallar bilan taqdirlandilar. O’zbek hamshiralari Rixsi 
    Mo’minova, Salima Kubanova, Matluba Eshonxo’jayevalar Xalqaro „Qizil 



    Xoch"ning oliy mukofoti „Florens Naytingeyl" medaliga sazovor 
    bo’lganliklari buning yaqqol dalilidir. Urushdan keyingi davrda ana shu 
    mukofot mehr - shafqat hamshirasi, Samarqandlik Antonina Pixteyevaga 
    ham berilgan edi.
    Amerikalik hamshira, o’qituvchi va tadqiqotchi Virdjiniya 
    Xenderson 1958 yilda Halqaro hamshiralar kengashi iltimosiga ko’ra 
    “Bemorni parvarish qilish asoslari” to’grisida kitob yozgan. Ushbu kitob 
    25 tilga tarjima qilingan, unda muallif hamshiralik ishi tushunchasiga 
    o’z ta’rifini berib o’tgan. Virdjiniya Xenderson hamshiraning asosiy 
    vazifasi kasal yoki sog’lom shahsga o’z sog’ligini saqlab qolishga bor 
    kuchini, bilimini va irodasini ishga solgan holda yordam berishdan 
    iboratdir deb takidlagan. Ushbu hamshiralik ishi asoschilari tomonidan 
    hamsiralik ishiga bergan ta’rifi hozirgi kungacha o’z dolzarbligini 
    yoqotmagan. 
    Respublikamizning 
    mustaqilligidan 
    keyin 
    Prezidentimiz 
    I.A.Karimov tomonidan ushbu sohaga katta e'tibor qaratilganligini tibbiyot 
    oliygohlarida „Oliy ma'lumotli hamshira" fakulteti ochilishi misolida 
    ko’rishimiz mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad hamshiralik ishini 
    yanada chuqurroq takomillashtirirsh va tibbiyot sohasida oliy darajadagi 
    bilimlarga ega bo’lgan kadrlarni yetkazib berishdan iboratdir. 
    2007-yil 19 sentabrdagi davlatimiz rahbarining „Sog'liqni saqlash 
    tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va unu rivojlantirish Davlat 
    dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g'risida"gi farmoni va 
    sog’liqni saqlash tizimidagi barcha islohotlar tibbiyot sohasining yanada 
    rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi, bu hamshiralar uchun katta 
    imkoniyat demakdir. 
    Mustaqillikka erishgandan keyin respublikamizda tibbiyot sohasida 
    hamshiralik ishiga e'tibor kuchaytirilib borilmoqda, ularning chet 
    davlatlarda o’tkazilayotgan anjumanlarda ishtirok etishi va malakalarini 
    oshirishi, tibbiyot institutlarida oliy ma'lumotli hamshiralik ishi 
    bo’limlarining ochilishi, Respublikada O’rta tibbiyot va dorishunos 
    xodimlar assotsiatsiyasining tashkil etilishi, tibbiyot amaliyotini keng ko’ 
    lamda yo’lga qo’yilishi tibbiy ta' lim tizimini isloh qilishni taqozo etadi. 
    Respublikada hamshiralik ishini rivojlantirish, O’rta tibbiyot 
    xodimlarining nazariy va amaliy bilim, g’oyaviy va umum madaniy 
    darajasini ko’tarishga ko’maklashish, ularning amaliy ishlarni tashkil 
    etishining sifat darajasini oshirish maqsadida O’rta tibbiyot 
    xodimlaridan iborat hamshiralar maslahat kengashi tuzilgan. 



    Muslaqil hamkorlik davlatlari hamshiralarining „Sog’liqni saqlash 
    tizimining islohoti, birinchi tibbiy sanitariya yordamini ko’rsatish va 
    hamshiralik ishi" bo’yicha IV yig’ilishining O’zbekistonda o’tkazilishi, 
    bu sohada erishilgan yutuqlardan biridir. Jahon sog’liqni saqlash 
    tizimida Jamoada hamshiralik ishi alohida o’ringa ega. 
    1999-yil may oyida O’zbekiston O’rta tibbiyot va dorishunos 
    xodimlari assotsiatsiyasiga 50 mingga yaqin O’rta tibbiyot xodimlari 
    a'zo bo’lib, uyushma viloyatlarda o’zining bo’limlarini ochdi. U yil 
    davomida 10 dan ziyod seminarlar o’tkazib, hisobot bulutenlari va 
    amaliy qo’llanmalar joriy etdi. Qisqa vaqt ichida assotsiatsiya xalqaro 
    tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatib, xalqaro hamshiralar kengashiga a'zo 
    bo’ldi. 1999-yil Londonda o’tkazilgan xalqaro hamshiralar kengashining 
    100 yilligiga bag’ishlangan seminar-kengashda O’zbekistondan ham 
    vakillar ishtirok etdi. 
    Hamshiralik ishini jahon andozalari darajasiga ko’tarish maqsadida 
    tezis dasturi orqali Isroil davlati hamshiralarining ish tajribalari, o’quv 
    jarayonlarini o’rganish uchun joriy yilning noyabr oyida Respublika 
    kurslari tashkil etildi. Hamshiralik ishini sifat jihatidan yaxshilash, ko’p 
    mutaxassislikka ega bo’lgan hamshiralar safini kengaytirish maqsadida 
    O’rta Osiyo davlatlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzildi. 
    O’zbekistondan 7 nafar tajribali hamshira kengashga a'zo bo’lib kirdi. U 
    2001-yilda O’zbekistonda yig’ilib o’z ish faoliyatini respublikamizda 
    davom ettirdi. 
    Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha o’tkazilgan anjumanlarda 
    hamshiralik assotsiatsiyasi a'zolari Amerika, Angliya va Yaponiya 
    davlatlarida ishtirok etib, ularning ish faoliyati bilan tanishib qaytdilar. 
    Va ortirb kelgan tajribalari, ko’rgan bilganlari bo’yicha viloyatlardagi 
    bosh mutaxassislarni chaqirib bir necha marta o’quv seminarlari 
    o’tkazdilar. 
    1999-yilning sentabr oyida Bishkekda bo’lib o’tdgan O’rta tibbiyot
    xodimlarining seminarida Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va 
    O’zbekistonning Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha vakillari ishtirok 
    etishdi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi hamshiralik ishidagi, birinchi 
    tibbiy sanitariya yordamidagi islohotlar, oliy ma'lumotli hamshiralar 
    tayyorlash, hamshiralar mavqeyini ko’tarish uchun hamshiralik ishlari 
    bo’yicha muovinlik vazifalarini kiritish, O’rta tibbiy va dorishunos 
    xodimlar assotsiatsiyasining faoliyatini kuchaytirish, malakali hamshiralar 
    tayyorlashga e'tiborni jalb qilish oilaviy hamshiralar foliyatini yo’lga 


    10 
    qo’yishga qaratildi. Seminarda O’rta tibbiyot xodimlari faoliyatini yanada 
    yaxshilash bo’yicha dekloratsiya qabul qilindi. 
    Olmata shahrida esa 2-4 fevral 2000-yilda Jamoada hamshiralik ishi 
    bo’yicha O’rta Osiyo mamlakatlarini muvofiqlashtiruvchi kengashning 
    navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tgan edi. Ushbu kengashda O’rta Osiyo 
    davlatlari hamshiralari O’rtasida o’zaro tajriba almashish, hamshiralik 
    xizmatida tashkilotchilik ishlarini yo’lga qo’yish, fan yangiliklarini keng 
    joriy qilish, Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha muallimlar tayyorlash, 
    hamshiralaming milliy jamoatchilik birlashmalari assotsiatsiyalari 
    O’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish eng asosiy vazifa ekanligi 
    alohida uqdirilib, shu vazifalar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi. 
    2001-yil fevral oyida Toshkentda o’tkazilgan anjumanda „Oila 
    hamshirasi"ni tayyorlash -masalasi ko’rildi. 2002-yil 23-26 aprel kunlari 
    Olmata shahrida „O’rta Osiyo respublikalarida birlamchi tibbiy sanitariya 
    yordami hamshirasi" mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda 
    Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha O’rta Osiyo mamlakatlarini 
    muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari, xalqaro ekspertlar va Jamoada 
    hamshiralik ishi bo’yicha amerikalik mutaxassislar, O’rta Osiyo tibbiyot 
    kollejlari direktorlari, tibbiyot bilim yurti va sog’liqni saqlash xodimlari 
    ishtirok etdilar. Bunda eng asosiy masala sifatida O’rta Osiyo 
    respublikalarida oila hamshiralarini tayyorlash ishlari o’rganib chiqildi. 
    Shu maqsadda, O’rta Osiyo Respublikalarida „Hamshiralik ishi" dasturi 
    asosida „Oila hamshirasi" qo’llanmasini ishlab chiqish va oila 
    hamshiralarini tayyorlovchi o’quv kurslarini tashkil qilish rejalashtirildi.
    Ushbu anjumanning asosiy vazifalari quyidagilar edi: 
    -
    O’rta Osiyoni oila hamshiralarini tayyorlovchi hududga aylantirish; 
    -
    mavjud masala yuzasidan tajriba almashish; 
    -
    mutaxassislar yordamida oila hamshirasini tayyorlash borasida zarur 
    o’quv dasturlarini ishlab chiqish; 
    -
    oila hamshiralarini tayyorlash va hamshiralar malakasini oshirish uchun 10 
    oylik kurslarni tashkil qilish markazlarini ochish. 

    Download 1,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish