|
Sog‘liqni saqlash xizmatini mustahkamlash va takomillashtirishBog'liq JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI
2.2. Sog‘liqni saqlash xizmatini mustahkamlash va takomillashtirish
Har xil davlatlarda sog‘liqni saqlash xizmati har xil
tashkillashtirilgan, lekin asosiy maqsad pul va kadrlar resurslaridan
foydalanib, aholi uchun maksimal darajada foyda olish. Shuning uchun
regional byurolar epidemiologik tadqiqot orqali JSST a’zo –
mamlakatlar
tajribasini
umumlashtirishga
harakat
qiladi.
Bu
tadqiqotlarning maqsadi - sog‘liqni saqlash xizmatini ilmiy asosda
rejalashtirish va rivojlantirish hisoblanadi. Bunga, misol sifatida
rivojlanayotgan mamlakatlarda birinchi navbatda qishloq joylarida JSST
sxemasi asosan birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini tibbiy muassasa
tarmoqlarini tashkillashtirish misol bo‘la oladi.
Kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurash.
JSST
faoliyati sog‘liqni saqlash xizmati tizimini tashkil qilish kerakki, u
kasallikni davolash va profilaktikasiga barobar e’tibor qaratishni ko‘zda
tutadi. Xususan, JSST tomonidan quyidagi dasturlar ishlab chiqilgan:
bezgakka qarshi kurash dasturi; parazitar kasalliklarga qarshi kurash
dasturi; yurak – qon – tomir kasalliklariga qarshi kurash dasturi. Bundan
tashqari, JSST faoliyatida ruhiy va o‘sma kasalliklar, dorilarga o‘rganib
qolish, og‘iz bo‘shlig‘i himoyasi, revmatik kasalliklar, suyiqasd va b.
katta e’tibor qaratiladi.
Atrof – muhitni himoyalash va yaxshilash.
1978 yil atrof –
muhit gigienasini mustahkamlash buyicha JSST umumiy dasturi ishlab
chiqildi. Unda kommunal suv taminotiga va chiqindilar yo‘qotish, atrof
– muhitni nazorat qilish va baholash, aholi yashash punklarida tibbiy –
sanitariya holatini yaxshilash masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Ko‘pchilik industrial rivojlangan mamlakatlarda sanoat va qishloq
xo‘jaligida suv va tuproq, havoni kimyoviy zaharlanish muammolari
yuzaga kelmoqda. JSST xo‘jalik va sanoat shovqini, nurlanishdan
himoyalash muammolariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
|
| |