• Tibbiyot xodimlarini tayyorlash.
  • Ona va bola salomatligini himoyalash




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Ona va bola salomatligini himoyalash. 
    Har xil davlatlarda onalik 
    va bolalikni himoyalash milliy xizmati turli xarakterliva to‘g‘ri darajada 
    taraqqiy etgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash 
    tashkilotlari onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga va xomiladorlar 
    uchun xizmatlar tashkil etishga harakat qilmoqda. Rivojlangan 


    17 
    mamlakatlarda onalar va bolalar o‘limi juda past darajada, shuning 
    uchun sog‘liqni saqlashning bu sohadagi yangi dasturlari onalar va 
    bolalar holatini yaxshilashga mo‘ljallangan. JSST oilani rejalashtirish va 
    tug‘ruqlar orasidagi vaqtni nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi, bu 
    oila salomatligini saqlash xodimlarni ishlash uchun tayyorlashga yordam 
    beradi. 
    Hozirgi vaqtda bolalarni immunizatsiyasining kengaytirilgan 
    dasturlari, butun dunyo bolalarini qizamiq, ko‘kyo‘tal, qoqshol, qizilcha, 
    poliomielit va sil kasalliklariga qarshi immunizatsiyani taminlash yo‘li 
    bilan, shu kasalliklardan o‘lim va kasallanishni kamaytirishni o‘z oldiga 
    maqsad qilib qo‘ygan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 
    tug‘iladigan 80 mln. chaqaloqlardan faqat 10%i to‘liq immunizatsiya 
    qilinadi. 
    Tibbiyot xodimlarini tayyorlash.
    JSST unga a’zo mamlakatlar 
    bilan tibbiyot xodimlarini tayyorlash buyicha dasturlarini tahlil qilishda 
    hamkorlik qiladi. JSST dasturlari, nafaqat vrachlarni, balki barcha 
    tibbiyot xodimlarining ish faoliyatida samaradorlikni oshirishga 
    qaratilgan.
    Sog‘liqni saqlashda kadrlarni rivojlantirish bo‘yicha 
    asosiy choralardan biri - bu stipendiya buyicha dasturlar. U bir 
    mamlakatning tibbiyot xodimi kelajakdagi tayyorgarligini boshqa 
    mamlakatda o‘tish imkoniyatini yaratish orqali, sog‘liqni saqlash milliy 
    xizmatini mustahkamlashga mo‘ljallangan. Faqat Evropa regional 
    byurosi har yili stipendiyaga 2500dan ortiq arizani ko‘rib chiqadi. 
    Ularning ko‘pchiligi region sog‘liqni saqlash organlari tavsiya qilgan 
    kandidatlardan keladi, yanada boshqa regionlardan kelgan arizalar 
    ko‘pchilikni tashkil qiladi. Regional byuro ularning dunyoning 
    universitet va boshqa o‘quv muassasalarida o‘qishga joylashtirishga 
    javobgar. 
    JSSTning 
    stipendiya 
    buyicha 
    dasturi, 
    ko‘pchilik 
    mamlakatlarda shifokorlar, hamshiralar, injenerlar, tashkilotchilar va 
    sog‘liqni saqlashning boshqa xodimlarini tayyorlashga yordam berdi. 
    Qaror qabul qilishda til buyicha qiyinchiliklarni e’tiborga olish kerak. 
    Masalan, epidemiologiya va tibbiy - sanitar statistika bo‘yicha 
    mutaxassislarni tayyorlash, hozirgi kunda ingliz, fransuz va rus tilida
    Londonda, 
    Bryussel 
    va 
    Bratislavda 
    olib 
    boriladi. 
    Hamma 
    mamlakatlarning sog‘liqni saqlashi har tomonlama tayyorlangan, shu 
    jumladan, yuqori malakali hamshiralarga muhtoj. Hozirgi kunda bu 
    hamma mamlakatlarda tan olingan bo‘lib, Jamoada hamshiralik ishi 
    bo‘yicha tayyorlanish uchun universitet va boshqa darajadagi dasturlar 
    tashkillashtirilgan. Bu dasturlar milliy sog‘liqni saqlash xizmatida 


    18 
    hamshiralar unvonini oshirishga yo‘naltirilgan, yana hamshiralarni 
    tayyorlash va hamshira xizmatini taminlashga bog‘liq muammolarni hal 
    qilishga qaratilgan. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish