14
kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy
kengash va Bosh Assambleya
tavsiyalarini ko‘rib chiqib, shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadida
JSST qabul qilgan choralar haqida ularga dokladlar taqdim etiladi.
Assambleya sessiyasi oralig‘i JSST yuqori organi ijroiya qo‘mita
hisoblanadi. Ijroiya qo‘mita 32 a’zo - davlatlar vakillaridan tashkil
topgan, ular 3 yilda bir marotaba saylanadi. Har yili uning tarkibi 1\3
yangilanib turadi. Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk britaniya,
Fransiya va Xitoy vakillari
doimo qayta saylanadi, ammo 3 yilda 1
yillik tanafus bilan.
Ijroiya qo‘mita tashkilot byudjeti va dasturini, JSST faoliyati bilan
bog‘liq ma’muriy va yuridik masalalarni ko‘rib chiqadi, qo‘mita,
ekspertlar, tadqiqotchi guruh ma’ruzalari eshitiladi, Assambleya
qarorlarini hayotga tadbiq etadi va uning uchun tavsiyalar tayyorlaydi.
Ijroiya qo‘mita favqulotda holatlarda (epidemiya yuzaga kelganda,
falokat yuz berganda va b.) keskin choralar qabul qilish huquqi berilgan.
JSST markaziy ma’muriy organi – bu Sekretariat, uni bosh direktor
boshqaradi. Ijroiya qo‘mita taqdimoti buyicha, Assambleya tomonidan 5
yillik muddatga saylanadi. Sekretariat shtab-kvartirasi Jenevada
joylashgan. Bosh direktor Assambleya va Ijroiya qo‘mita topshiriqlarini
bajaradi, har yili Assambleyaga tashkilot
ishlari haqida hisobotlar
beradi, Sekretariatdan tashkil topgan apparat faoliyatini boshqaradi,
moliyaviy hisobot va byudjet smetalarini tayyorlaydi.
Bosh direktorning 6ta yordamchisi bor. JSSTning umumiy
xodimlar soni 4 ming kishidan ortiq. JSSTning Sekretariat bo‘limlari 5ta
guruhga birlashtirilgan: atrof muhit gigienasi bo‘limi va sanitar statistika
bo‘limi, SS xizmatini mustahkamlash va oila salomatligini
muhofazalash bo‘limi, SS kadrlar va dori vositalarini rivojlantirish,
yuqumsiz kasalliklar bo‘limi, ma’muriy raxbarlik va xodimlar bo‘limi,
byudjet va moliya bo‘limi. Mahalliy sharoitlarni yaxshiroq o‘rganish va
har bir mamlakatning alohida shu mamlakat
uchun SS masalalari
buyicha ehtiyojlarini hisobga olib unga yordam berish uchun, JSSTda
6ta regional tashkilot tashkil qilindi. Har bir bunday tashkilot regional
qumitaga ega, shu mamlakat geografik tumanga kiradigan JSSTga a’zo
mamlakat vakillaridan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda quyidagi regional
tashkilotlar mavjud: Kopengagenda (Daniya) – evropa byurosi,
Brazzavilada (Kongo) –
afrika byurosi, Aleksandriyada (ARE) –
Sharqiy – O’rtadengiz byurosi, Delida (Indiya) – Janubiy – Sharqiy
Osiyo byurosi, Manilda (Filippin) – Tinch okeanning G‘arbiy qismi
byurosi, Vashingtonda (AQSH) – Amerika byurosi.