11
salomatlikka ta'siri, ish joyida insonlar salomatligini himoya qilish hamda
aholi o’rtasida tarqalayotgan yuqumli va boshqa kasalliklarni bartaraf etish
kabi quyidagi muammolarni o’rganadi.
1. Kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini ta'minlash.
2. Oilaviy poliklinikalar (OP), qishloq vtachlik punktlari (QVP) lar va
boshqa
muassasalarda ayollar, ayniqsa tug’ish qobiliyatiga ega bo’lgan
ayollar, salomatligini muhofaza qilish, ayollarda uchraydigan ekstragenital
kasalliklarning oldini olish.
3. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sog’lig’ini himoya qilish va
bolalarning o’ziga
xos xususiyatlari, ularda kasalliklarning oldini olish,
profilaktik emlashlar, ular salomatligidagi
muammolarda hamshiralik
jarayonlari.
4. Kattalar va qariyalarning o’ziga xos ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ular
salomatligidagi muammolar va ularga sog’lom turmush tarzini targ’ib
qilish.
5. Ishlab chiqarish korxonalarida ishchilar uchun maxsus tibbiy xizmatni
tashkillashtirish, kasbga aloqador kasalliklar va ularning oldini olish.
6. Aholining ruhiy salomatligini saqlash va himoya qilish.
7. Jamoada yuqumli kasalliklar klinikasi, tarqalish yo’ llari va ularga qarshi
kurashish chora - tadbirlarida hamshiraning vazifalari.
8. Favqulodda vaziyatlar
kelib chiqishining omillari, manbalari,
sabablari
va ularda yordam ko’rsatish turlari, favqulodda vaziyatlarda aholini
himoya qilish.